Milliy valyuta kursining qadrsizlanishi, zaxiralarning qisqarishi hamda to‘lov balansidagi nomutanosibliklar
2023 yilda milliy valyutaning dollarga nisbatan qadrsizlanishi 9,2 foizni tashkil etib, so‘nggi uch yilda birinchi marta valyuta kursining qadrsizlanishi yillik inflyatsiyaga nisbatan yuqori shakllandi. Xususan yil davomida umumiy inflyatsiya 8,8 foizni tashkil etgan (1–diagramma). Maʼlumot uchun: 2022 yilda milliy valyutaning qadrsizlanishi 3,3 foiz, inflyatsiya 12,3 foiz, 2021 yilda milliy valyuta qadrsizlanishi 2,9 foiz, inflyatsiya esa…