O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 oktabrdagi “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan mamlakatimizda strategik rejalashtirish va rivojlanishning yagona va kompleks tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi:
- strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini tashkil etish, uni samarali joriy qilishga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqish, shuningdek, strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini tayyorlashni tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
- vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi
Agentlik faoliyatiga doir asosiy hujjatlar:
- "Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 19.07.2021 yildagi PF-6264-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
- "Strategik islohotlarni jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 08.09.2022 yildagi PF-216-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
- "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 08.11.2023 yildagi PF-190-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
- "Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 30.10.2025 yildagi PF-201-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni