Agentlikda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Strategik islohotlar agentligida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi vakillari bilan joriy hamkorlikning asosiy masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi hamkorlik delegatsiyasi rahbarining birinchi maslahatchisi Vim Riepma va loyiha menejeri Yana Kurpisa ishtirok etdi. Uchrashuv davomidagi asosiy masalalardan biri “Mamlakat platformasi” loyihasini davom ettirish uchun Oʻzbekiston…