Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida mamlakatimizda natijadorlikka yoʻnaltirilgan ixcham va professional davlat boshqaruvi tizimini yaratish boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yangilangan talablar va tamoyillar asosida tashkil etish maqsadida: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish…