Agentlikda IHTT vakillari bilan davlat boshqaruvi tizimining tahliliga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Strategik islohotlar agentligida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari bilan “O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimi tahlili” loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan oraliq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda SIA direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, IHTTning Davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha bo‘limi ekspertlari Adam Ostri, Kapusin Kerboas, Simon Kalvert, Ivan Stola, shuningdek Adliya vazirligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari ishtirok etishdi.…