Ma’muriy choralar va ularning huquqbuzarliklarga mutanosibligi tahlili: muammo va takliflar

Strategik islohotlar agentligi tomonidan ma’muriy choralar va ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligi o‘rganildi. Bugungi kunda ma’muriy jarimalar miqdorini belgilash mexanizmlarining yo‘qligi sodir etilgan huquqbuzarlikka nomutanosib bo‘lgan jarima solinishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu yo‘nalish tartibga solinmaganligi bois manfaatdor davlat organlari tomonidan jarimalar miqdorini qayta ko‘rib chiqishga doir qonun loyihalarini tashabbuskorlik bilan ishlab chiqish holatlari ko‘payib ketdi. Masalan,…

O‘zbekiston ta’lim dasturlari integratsiyasi: Angliya tajribasi va yangi yechimlar

  Strategik islohotlar agentligi tomonidan o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim dasturlarini integratsiyasini ta’minlash masalasi xorijiy tajriba asosida o‘rganildi va takliflar ishlab chiqildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 3 bosqichli – boshlang‘ich (kasb-hunar maktabi), o‘rta (kollej) va o‘rta maxsus professional ta’lim (texnikum) tizimi asosida yoshlar kasb-hunarga o‘qitilmoqda. Ayni vaqtda 9–sinf maktab bitiruvchilarining 79,8% umumta’lim maktablarida, 15,6% kasb-hunar maktablarida…

Yevropa Ittifoqi ko‘magida O‘zbekiston Mamlakat Platformasining 2-davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Toshkent, 4-iyul, 2024-yil – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Yevropa Ittifoqi ko‘magida tashkil etilgan O‘zbekiston Mamlakat Platformasining 2-davra suhbati O‘zbekistondagi islohotlar dasturini muhokama qilish va qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha 80 dan ortiq hukumat hamkorlari va xalqaro institutlarni birlashtirdi. Tadbir ishtirokchilari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining…

Germaniyaning velotransportdan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash tajribasi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan Germaniyaning velotransportdan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash tajribasi oʻrganildi. Germaniyada mamlakat aholisining kamida 77 foizi yil davomida velosipeddan foydalanadi. Berlinda esa shahar aholisining kamida 25 foizi velosipedni asosiy transport vositasi sifatida tanlaydi. Shu bilan birga, soʻnggi oʻn yilda velosipedchilarning ulushi doimiy ravishda oshib bormoqda. Velosipeddan foydalanishning oʻsish tendensiyasi qisman mazkur yoʻnalishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi…

Strategik islohotlar agentligi tomonidan yangi tahrirdagi “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonun tahlil qilindi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan yangi tahrirdagi “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunning bozor ishtirokchilari va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida tahlili o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qarori bilan qo‘yilgan vazifa doirasida “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri bilan telekommunikatsiyalar bozorining tartibga soluvchi organi alohida bo‘lishini nazarda tutuvchi tartib o‘rnatilishi belgilangan. Yangi tartibga soluvchi organning vazifalarida telekommunikatsiya xizmatlarining…

O‘zbekiston pensiya tizimi: muammolar, reytinglar va isloh qilish yo‘llari

O‘zbekiston “Allianz Pension Ranking 2023” pensiya reytingidagi 75 ta mamlakatlar qatorida 71-o‘rinni egallagan (Qozig‘iston 34-o‘rinda, Rossiya – 37, Turkiya – 59-o‘rinda). Mazkur reyting uchta sub-indekslarga asoslangan, bular: bazaviy sharoitlar, barqarorlik va pensiya tizimining monandligi. Ular 1 dan 7 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholanadi (bunda 1 – eng yuqori baho). O‘zbekistonning umumiy bahosi 4,5 ni tashkil…

Boshqaruv kompaniyalari samaradorligini oshirish va ko‘p kvartirali uylarni saqlashning ayrim jihatlari

Strategik islohotlar agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda boshqaruv kompaniyalari faoliyati hamda ko‘p kvartirali uylarni saqlash amaliyotini yangi yondashuvlar asosida takomillashtirish masalasi o‘rganildi. Xususan, bugungi kunda respublika bo‘yicha 1 366 374 ta xonadon mavjud bo‘lib, shundan 223 831 ta xonadon (16%) mulkdorlari bilan shartnomalar tuzilgan bo‘lsa, qolgan 1 142 543 ta xonadon (84%) mulkdorlari tomonidan shartnomalar tuzilmagan. Mulkdorlarning boshqaruv kompaniyalaridan majburiy…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning 2024-yil iyun oyidagi ijrosi tahlili

Davlatimiz Rahbarining 2024 yil 4 martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024 yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda. 2024 yilning iyun oyida rejaga muvofiq 4 ta qonun, 1 ta farmon, 4 ta Prezident qarori, 1 ta Hukumat qarori va 2 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami – 12 ta tadbir) ishlab chiqilishi belgilangan. Bugungi kun holatida 4 ta topshiriq ijrosi taʼminlanib, 1 ta Farmon, 1 ta Prezident qarori qarori qabul…

Temir yo‘l sohasidagi islohotlar davomi: yangi qonun loyihasi va uning ahamiyati

Temir yo‘l transporti sohasidagi islohotlarni davom ettirish maqsadida Strategik islohotlar agentligi, tegishli vazirlik va idoralar hamda xalqaro va mahalliy ekspertlar (Jahon banki, Deutsche Bahn, PricewaterhouseCoopers mutaxassislari) ishtirokida yangi tahrirdagi “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. 9 ta bob va 59 ta moddadan iborat qonun loyihasi konseptual jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10…

Zangiota tumanining salohiyati va “o‘sish nuqtalari” o‘rganilib, tegishli takliflar tayyorlandi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Zangiota tumanining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” joyiga chiqqan holda o‘rgandilar. O‘rganishlar davomida tuman hokimligi bilan birga tegishli takliflar ishlab chiqildi. Nota bene: Zangiota tumani 2-toifaga kiradi, tumanning doimiy aholi soni – 171,1 ming nafardan iborat. Tumanda 73 ta mahalla mavjud. Tuman byudjeti daromadlari miqdori – 97,2 mlrd so‘m, xarajatlari miqdori…