O‘zbekistonda samarali strategik rejalashtirishni joriy etish masalalari muhokama qilindi
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magidagi loyiha doirasida strategik rejalashtirish sohasi eksperti Zorka Kordich joriy yilning 25-28-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ldi. Strategik islohotlar agentligi direktori B.Raxmatov bilan uchrashuvda xorijiy ekspert Agentlik tomonidan mamlakatda strategik rejalashtirish tizimini joriy etishga doir olib borilayotgan ishlar ahamiyatini alohida ta’kidladi. Zorka Kordich strategik rejalashtirish hujjatlarini (tadqiqot natijalari, xalqaro tajriba, samaradorlikni baholash…