Joriy yildagi hamkorlik natijalari va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi

Bugun Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muhokamaning asosiy mavzusi 2024-yilda maslahatchi ofisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari va 2025-yilga mo‘ljallangan istiqbolli yo‘nalishlar bo‘ldi. Xususan, S.Chakrabarti ofisi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish…

INNO Technopark negizida “Точка притяжения” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkentdagi “INNO” innovatsion o’quv-ishlab chiqarish texnoparkida birinchi “Точка притяжения” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu markaz INNO Technopark negizida joylashib, ilmiy va innovatsion salohiyatni rivojlantirishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda. Ochilish marosimida Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A. Abduqodirov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. Daliev, Skolkovo fan va…

Strategik islohotlar agentligi Yangiyo‘l shahridagi tadbirkorlar muammolarini aniqlamoqda

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida tadbirkorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlardan asosiy maqsad shaharda biznes uchun mavjud to‘siqlarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqishdan iborat edi. Tadbirda ishtirok etgan mahalliy tadbirkorlar o‘z faoliyatlari davomida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar bildirishdi.   Uchrashuv qatnashchilaridan biri bo‘lgan…

“Mamlakat Platformasi”ning 4-davra suhbati: ta’lim, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va kasb-hunar ta’limi masalalari muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahrida vazirlik va idoralar hamda xalqaro rivojlanish bo‘yicha hamkorlarning 90 dan ortiq vakillari ishtirokida O‘zbekiston Mamlakat Platformasining 4-davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ta’lim, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda kasb-hunar ta’limi sohalaridagi muhim islohotlar bo‘yicha erishilgan yutuqlar muhokama qilindi. Ushbu islohotlar mehnat bozori ehtiyojlariga mos ishchi kuchini tayyorlash va “O‘zbekiston–2030” strategiyasini ilgari surishda muhim ahamiyatga…

24/7 ko‘chalarini tashkil etish mezonlari hamda O‘zbekiston shaharlaridagi ko‘chalar salohiyati o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan tungi iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida chet el mamlakatlarida 24/7 ko‘chalarini tashkil etish mezonlari o‘rganildi. Chet elda 24/7 ko‘chalari 3 xil shaklda tashkil etilgan va ixtisoslashgan: birinchisi, savdo, ko‘ngilochar va turistlar uchun xizmat ko‘rsatishning klaster shakli; Nyu-Yorkning “42”, Sidneyning Paddington hamda Londonning Soho, Tokioning Ebisu ko‘chalari tungi dam olish xizmatlarining yuqori darajada klasterlanishiga…

Ijtimoiy soha obyektlarini inventarizatsiya qilish metodikasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligida bir qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida respublika bo‘yicha ijtimoiy soha obyektlarini inventarizatsiya qilish metodikasining muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda shuningdek Buxoro viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini aniqlash va ijtimoiy obyektlarni inventarizatsiya qilish bo‘yicha pilot loyiha natijalarini taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur yo‘nalishdagi asosiy vazifalardan biri barcha…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi: 2024 yil mart-noyabr oylarida belgilangan vazifalar ijrosi

Davlatimiz Rahbariga 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qaror bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasida joriy yilning mart-noyabr oylarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berildi. Axborot davomida Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq hisobot davrida 17 ta qonun, 8 ta Prezident farmoni va 16 ta qarori, 19 ta Hukumat qarori, 11 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami 71 ta) ishlab chiqilishi belgilanganligi, bugungi kunda 44 ta…

Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan Bekobod shahri tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv o’tkazildi va shahar tadbirkorlar faoliyatida yuzaga kelayotgan to’siqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar tayyorlandi. Uchrashuvda qatnashgan har bir mahalliy tadbirkor o’z biznesining rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan asosiy muammolarni ochiq muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Uchrashuda metall konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxona rahbari buyurtmalar…

Agentlik Olmaliq shahridagi tadbirkorlar muammolarini o‘rgandi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davomida biznes oldida turgan to‘siqlar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Tadbirda ishtirok etgan 25 dan ortiq mahalliy tadbirkorlarning har biri o‘zlarining muammolarini muhokama qilish hamda biznesini rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni yoritish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Uchrashuvda ishtirok etgan tadbirkorlardan biri –…

Strategik islohotlar agentligi tomonidan shahar kommunikatsiyalariga ruxsat berishga doir xalqaro tajriba o‘rganilib, tegishli takliflar ishlab chiqildi

Shahar infratuzilmasini samarali rivojlantirish kommunikatsiyalarni amalga oshirishda nazorat va tartibga solish tizimini takomillashtirishni talab qiladi. AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya kabi davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy yondashuvlarning joriy etilishi atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish, yo‘llar holatini yaxshilash va transport oqimiga salbiy ta’sirni minimallashtirishga yordam beradi. Xalqaro tajriba AQSh Nyu-York shahrida NYC Street Works raqamli platformasi qo‘llaniladi, ushbu…