Shumanay tumanining salohiyati va “o‘sish nuqtalari” o‘rganilib, tumanni rivojlantirish bo‘yicha takliflari ishlab chiqildi

O‘tgan hafta davomida Strategik islohotlar agentligi xodimlari Qoraqolpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” joyiga chiqqan holda o‘rgandi. O‘rganishlar davomida tuman hokimligi bilan birga tegishli takliflar ishlab chiqildi. Ma’lumot uchun: Shumanay tumani 5-toifaga kiradi, tumandagi 13 ta mahallada 58 ming nafar doimiy aholi istiqomat qiladi. Tuman byudjeti daromadlari 20 mlrd so‘mni tashkil…

Chimboy tumanining salohiyati va “o‘sish nuqtalari” o‘rganilib, tumanni rivojlantirish bo‘yicha takliflari ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Qoraqolpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” joyiga chiqqan holda o‘rgandi. Tuman hokimligi vakillari bilan olib borilgan o‘rganishlar davomida tegishli takliflar ishlab chiqildi. Ma’lumot uchun: Chimboy tumani 3-toifaga kiradi, tumandagi 22 ta mahallada 115 ming nafar doimiy aholi istiqomat qiladi. Tuman byudjeti daromadlari 38 mlrd so‘mni tashkil etadi.…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 29 maydagi PQ–198-son qarori ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 29 maydagi “Tarkibiy islohotlarni amalga oshirishda ekspertlik ko‘magi samaradorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–198-son qarorida xorijiy konsultant va ekspertlarni buyurtmachi tashkilot hamda Strategik islohotlar agentligi o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma asosida jalb qilish tartibi o‘rnatilgan. Xususan, qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Strategik islohotlar agentligi tomonidan Hisob palatasi bilan birgalikda 20 dan…

Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish tizimini takomillashtirishga doir Prezident Farmoni loyihasi ishlab chiqildi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmatini rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil qilinib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan kadrlarni ochiq tanlov asosida qabul qilish maqsadida vacancy.argos.uz portali ishga tushirildi. Natijada ishga qabul qilishdagi 16 turdagi hujjatlar bekor bo‘ldi,…

Qishloq xo‘jaligida genomni qayta ishlash, xarajatlarni qisqartirish va mahsulot sifatini oshirish masalalari o‘rganildi

Qishloq xo‘jaligida genomni qayta ishlash, uning mahsulot tannarxini pasaytirish va sifatini oshirishdagi ahamiyati o‘rganildi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining genomlarini qayta ishlash sohasida olimlar tomonidan bug‘doy misolida olib borilgan tadqiqotlar qishloq xo‘jaligi ekinlarining moslashish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi va turli iqlim sharoitlariga chidamliligini oshirdi. Bu jarayon CRISPR (clustered regularly interspaced short palindromic repeats) deb nomlanuvchi texnologiyaga asoslangan.…

Ko‘cha va mahallalarga nom berish: xalqaro tajriba va misollar

Yurtimizdagi aksariyat viloyatlarda koʻcha, mahalla va tumanlarning nomlari oʻxshash. Hatto Toshkent shahrida ham 2010-yilda o‘tkazilgan nomlarni o‘zgartirish bo‘yicha keng ko‘lamli tashabbusga qaramasdan, bir qator ko‘chalar nomlari takrorlanmoqda. Strategik islohotlar agentligi eksperti Friderike Zayfert turli mamlakatlardagi ko‘chalarga nom berish tajribasini o‘rgandi. Bir shahar yoki unga yaqin aholi punktlarida ko‘cha va mahalla nomlarining takrorlanishi quyidagilar kabi bir…

Yuqori Chirchiq tumanining salohiyati va “o‘sish nuqtalari” o‘rganilib, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Strategik islohotlar agentligi Yuqori Chirchiq tumanining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” joyiga chiqqan holda o‘rgandi. O‘rganishlar davomida tuman hokimligi bilan birga tegishli takliflar ishlab chiqildi. Ma’lumot uchun: Yuqori Chirchiq tumani 2-toifaga kiradi, tumandagi 50 ta mahallada 142,4 ming nafar doimiy aholi istiqomat qiladi. Tuman budjeti daromadlari va xarajatlari tegishincha 80,6 va…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi: 2024 yil avgust oyida belgilangan vazifalar

Davlatimiz Rahbarining 2024 yil 4 martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024 yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda. 2024 yilning avgust oyida rejaga muvofiq 3 ta qonun, 3 ta Prezident qarori, 2 ta Hukumat qarori va 1 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami –…

Bo‘ka tumanining salohiyati va “o‘sish nuqtalari” o‘rganilib, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Strategik islohotlar agentligi Bo‘ka tumanining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” joyiga chiqqan holda o‘rgandi. O‘rganishlar davomida tuman hokimligi bilan birga tegishli takliflar ishlab chiqildi. Ma’lumot uchun: Bo‘ka tumani 4-toifaga kiradi, tumandagi 44 ta mahallada 135,6 ming nafar doimiy aholi istiqomat qiladi. Tuman budjeti daromadlari va xarajatlari tegishincha 72,7 va 209,9 mlrd…

Strategik islohotlar agentligida “DB Engineering & Consulting” kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Bugun Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov va “DB Engineering & Consulting” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Innokentiy Belyakov-Zagumennov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: “DB Engineering & Consulting” Germaniyadagi eng yirik temir yo’l operatori bo‘lgan “Deutsche Bahn AG” kompaniyasining sho’ba korxonasi hisoblanadi. Konsern 1994 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 100 foiz davlat ulushiga ega bo‘lgan…