Mirobod tumani tadbirkorlari bilan tungi iqtisodiyotni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahrining Mirobod tumani hokimiyatida Strategik islohotlar agentligi xodimlarining Agentlik direktori Baxodir Raxmatov boshchiligida, ushbu tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi 24/7 tartibida faoliyat yuritadigan ko’chalarni rivojlantirish va biznes vakillari duch kelayotgan masalalr muhokamasiga bag’ishlandi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar 24/7 tartibida ishlaydigan ko‘chalar tashrif buyuruvchilari uchun avtoturargohlarning yo‘qligi, chiqindilar qutilarining…

Strategik islohotlar agentligining 2024-yilgi faoliyati sarhisobi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan 2024-yil davomida muhim istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish, ularning amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish, xorijiy ekspertlar ko‘magining muvofiqligini ta’minlash va boshqa yo‘nalishlarda bir qator ishlar amalga oshirildi. Ma’lumot uchun: Agentlik tomonidan hisobot davrida 106 ta axborot-tahliliy materiallar tayyorlandi, vazirlik va idoralar bilan hamkorlida 52 ta qonunlar, Prezident farmoni va qarorlari, Hukumat…

“Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish ishlari boshlandi

Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Natijalarga erishishni boshqarish guruhi Deliver Unitda “Maʼlumotlarni boshqarishning milliy tizimi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish masalasiga bag‘ishlangan ishchi guruhning dastlabki yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Qonun loyihasi muvaffaqiyatli xalqaro tajribalarga asoslangan, hujjatning amal qilish doirasi va asosiy texnik jihatlarini belgilab beruvchi konsepsiyaga muvofiq ishlab chiqilmoqda. Muhokamalar chogʻida yangi tizim ma’lumotlaridan foydalanish jarayoni davlat…

Strategik islohotlar agentligi va Qozog‘iston Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi o‘rtasida 2025-yilga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi imzolandi

2024-yil 21–22-noyabr kunlari Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov boshchiligidagi delegatsiyaning Qozog‘istonga uyushtirilgan tashrifi natijalaridan biri sifatida 2025-yilga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi imzolandi. Ushbu Reja ikki mamlakat o‘rtasida raqamli transformatsiya, ijtimoiy rivojlanish va hududiy salohiyatni yaxshilash kabi strategik yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Rejada uzoq muddatli tashabbuslarning samaradorligini oshirish maqsadida strategik rejalashtirish yondashuvlari va metodologiyasini o‘rganish…

Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonda, jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Strategik islohotlar agentligi tomonidan respublika tuman va shaharlarida olib borilgan ishlar davomida tayyorlangan takliflar…

“Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining Qonun ustuvorligini ta’minlash va xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi doirasida Strategik islohotlar agentligi tomonidan “Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha strategik rejalashtirishning mexanizmlarini joriy etish hamda davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini baholashning kompleks tizimini yaratishni nazarda tutadi. Ushbu…

Joriy yildagi hamkorlik natijalari va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi

Bugun Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muhokamaning asosiy mavzusi 2024-yilda maslahatchi ofisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari va 2025-yilga mo‘ljallangan istiqbolli yo‘nalishlar bo‘ldi. Xususan, S.Chakrabarti ofisi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish…

INNO Technopark negizida “Точка притяжения” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkentdagi “INNO” innovatsion o’quv-ishlab chiqarish texnoparkida birinchi “Точка притяжения” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu markaz INNO Technopark negizida joylashib, ilmiy va innovatsion salohiyatni rivojlantirishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda. Ochilish marosimida Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A. Abduqodirov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. Daliev, Skolkovo fan va…

Strategik islohotlar agentligi Yangiyo‘l shahridagi tadbirkorlar muammolarini aniqlamoqda

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida tadbirkorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlardan asosiy maqsad shaharda biznes uchun mavjud to‘siqlarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqishdan iborat edi. Tadbirda ishtirok etgan mahalliy tadbirkorlar o‘z faoliyatlari davomida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar bildirishdi.   Uchrashuv qatnashchilaridan biri bo‘lgan…

“Mamlakat Platformasi”ning 4-davra suhbati: ta’lim, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va kasb-hunar ta’limi masalalari muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahrida vazirlik va idoralar hamda xalqaro rivojlanish bo‘yicha hamkorlarning 90 dan ortiq vakillari ishtirokida O‘zbekiston Mamlakat Platformasining 4-davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ta’lim, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda kasb-hunar ta’limi sohalaridagi muhim islohotlar bo‘yicha erishilgan yutuqlar muhokama qilindi. Ushbu islohotlar mehnat bozori ehtiyojlariga mos ishchi kuchini tayyorlash va “O‘zbekiston–2030” strategiyasini ilgari surishda muhim ahamiyatga…