Strategik islohotlar agentligida Toni Bler Global o‘zgarishlar instituti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatovning Toni Bler Global o‘zgarishlar instituti Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jalil Rashid va maslahat guruhi menejeri Zisin Lin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv boshida Institut vakillari o‘z faoliyati va tashkilotning asosiy afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Ular orasida yuqori malakali sobiq davlat xizmatchilarining loyihalarda ishtiroki, xavf va…

Sirdaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlandi

Strategik islohotlar agentligi Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Sirdaryo viloyatida o‘rganishlar olib borib, sanoat, investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlikni rivojlantirish, qurilish, renovatsiya va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan boshqa jami 11 ta yo‘nalish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi va Sirdaryoni kompleks rivojlantirishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqdi. Ma’lumot uchun: Sirdaryo viloyatining hududi – 4,3 ming…

“Soakaway” tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi

Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Natijalarga erishishni boshqarish guruhi (Delivery Unit) ofisida respublikaning barcha viloyat va tuman hokimliklari, loyihalash va pudrat tashkilotlari hamda qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida “Soakaway” infiltratsiya texnologiyasiga asoslangan innovatsion avtonom kanalizatsiya tizimlarini joriy etish masalasiga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar…

Strategik islohotlar agentligida BCG vakillari bilan O‘zbekistonda energetikani rivojlantirish istiqbollari muhokama qildi

Bugun Strategik islohotlar agentligida “Boston Consulting Group” (BCG) xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Abdulla Abduqodirov, BCG vakillari Igor Alekseev, Vasiliy Guryev va Igor Kopytov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda 2035-yilgacha energetikani rivojlantirish boʻyicha Master-reja muhokama qilindi. Mazkur hujjat energetik resurslarga boʻlgan talab, ishlab chiqarish va…

O‘zbekiston turizmini 2040-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi

Bugun Toshkent shahrida «Reformatics» xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiev hamda «Reformatics» bosh hamkori Niko Gilauri va kompaniyaning boshqa vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tomonlar sohaga investitsiyalarni jalb qilish va infratuzilmani…

Strategik islohotlar agentligi eksperti Friderike Zayfert tomonidan hududlarni rivojlantirishga doir takliflar tayyorlandi

Strategik islohotlar agentligi xorijiy eksperti Friderike Zayfert O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bag‘ishlangan tahliliy material tayyorlab, ularda infratuzilmani yaxshilash, xalqaro tajribalarni qo‘llash va qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish kabi keng yo‘nalishlarni qamrab olgan takliflarni ilgari surdi. I. Hududiy tadqiqotlar va takliflar. Friderike Zayfert o‘z faoliyati davomida mamlakatimizning quyidagi hududlari bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish takliflarini ilgari surdi: 1. Sirdaryo viloyati…

Tungi iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi

Konsepsiyani ishlab chiqish jarayonida tungi iqtisodiyot muvaffaqiyatli rivojlangan mamlakatlar tajribalari o‘rganildi. Hujjat 10 yo‘nalishni qamrab olgan bo‘lib, jumladan, 24/7 rejimida ishlaydigan gastronomik zonalar, tungi bozorlar, madaniy va ko‘ngilochar tadbirlarni rivojlantirish, shahar infratuzilmasini yaxshilash, tungi transportni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. Hujjatda 24/7 rejimida ishlaydigan ko‘chalarni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday hududlar xavfsizlik,…

Sirdaryo viloyatining SWOT-tahlili o‘tkazilib, rivojlanish istiqbollari va asosiy masalalar aniqlandi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan Sirdaryo viloyatining SWOT-tahlili o‘tkazilib, viloyatning kuchli jihatlari, zaif tomonlari va imkoniyatlari aniqlandi. Viloyatning kuchli jihatlari qatorida uning strategik geografik joylashuvi, Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegaradoshligi hamda rivojlangan transport tarmog‘i alohida ajralib turadi. Hududdan o‘tuvchi yirik magistrallarda kuniga 311 mingdan ortiq transport vositasi harakatlanadi, bu esa viloyatni qulay tranzit hududiga aylantiradi. Sirdaryoning…

Davlat xizmatida strategik rejalashtirish: taraqqiyotni baholashning yangi yondashuvlari

Bugun «Davlat xizmatida strategik rejalashtirish: taraqqiyotni o‘lchash uchun samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash» mavzusiga bag‘ishlangan seminarning to‘rtinchi moduli bo‘lib o‘tdi. Seminar Strategik islohotlar agentligi tomonidan Latviya Respublikasining Markaziy moliyalashtirish va kontraktlar agentligi (CFCA) bilan hamkorlikda, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida tashkil etildi. Seminarning asosiy mavzusi strategik rejalashtirishda asosiy vosita sifatida samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) ishlab chiqish va…

“Maʼlumotlarni boshqarish milliy tizimi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi vazirlik va idoralar vakillari bilan muhokama qilindi

Strategik islohotlar agentligida 10 ta vazirlik va idoralar mas’ul vakillari ishtirokida “Ma’lumotlarni boshqarish milliy tizimi to‘g‘risida” Qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Qonun loyihasi matni ustida olib borilgan ishlar sarhisob qilinib, qonunni qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Yangi qonun barcha vazirlik va idoralar hamda boshqa davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini tizimli yo‘lga…