Agentlikda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda iqlim o‘zgarishiga moslashish va suv resurslarini boshqarish loyihalari muhokama qilindi

Strategik islohotlar agentligida Global yashil o‘sish instituti (GGGI) va Koreya eksportni rivojlantirish assotsiatsiyasi (KEP) vakillari bilan barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistondagi vakili Aaron Rassel, Koreya eksportni rivojlantirish assotsiatsiyasi maslahatchisi…

Finlyandiya tajribasi asosida uysizlik muammosini hal qilish masalalari o‘rganilib, tegishli takliflar tayyorlandi

Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida uysizlik muammosini hal qilishda Finlyandiya tajribasi alohida e’tiborga loyiqdir. 2008 yildan buyon Finlyandiya Hukumati tomonidan boshpanasiz fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlashga qaratilgan “Housing First” (uy-joy – birinchi navbatda) milliy dasturi yo‘lga qo‘ygan. Mazkur dastur “Y-Foundation” notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun: 1980 yilda Finlyandiyada boshpanaga ega bo‘lmaganlar soni 18 ming fuqaroni…

Strategik islohotlar agentligida “Katta to‘rtlik” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatovning “Katta to‘rtlik” konsalting kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: “Katta to‘rtlik” – auditorlik va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalar: Deloitte & Touche (Deloitte), PricewaterhouseCoopers (PwC), Ernst & Young (EY) va KPMG. Xususan, uchrashuvda Deloitte kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbari Erkin Ayupov, Ernst & Young Kavkaz…

Murojaatnoma-2025 doirasida yangi qonun loyihalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi va Adliya vazirligi tomonidan Murojaatnoma-2025 doirasida yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va amaldagi hujjatlarni tizimlashtirish (kodifikatsiyalash) bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Bunda, yangi qonun loyihalarini qabul qilish hamda qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning zaruriyati tahlil qilindi hamda 20 ga yaqin MDH, Yevropa va Osiyo mamlakatlarining qonunchilik hujjatlari va tegishli sohalarni tartibga solish bo‘yicha ilg‘or tajribasi o‘rganildi. 2025…

Davlat organlari tomonidan axborotdan foydalanish masalalarini tartibga solish jihatlari o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi huzuridagi “Delivery Unit” ofisi tomonidan “Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimi to‘g‘risida”gi qonun konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Yagona milliy ma’lumotlarni boshqarish tizimining joriy etilishi ishonchli dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradi, bu esa budjetni sarflash samaradorligini oshirishga va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni bartaraf etishga yordam beradi. Mazkur loyihani ishlab chiqish jarayonida O‘zbekiston…

Oliy ta’lim, fan hamda ularning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvini takomillashtirish yo‘llari o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi Angliyaning Qirollik kimyo jamiyati eksperti va O‘zbekiston Rektorlar Kengashi koordinatori, akademik Yulbarsxon Mansurov bilan hamkorlikda oliy ta’lim, fan va ularni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvini takomillashtirish yo‘llarini o‘rgandi. Tadqiqotning maqsadi ta’lim dasturlari sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlar va ularning real sektor bilan bog‘liqligini kuchaytirish yo‘llarini aniqlashdan iborat. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanish…

Kommunal xizmatlarini takomillashtirish mexanizmlari: asosiy elementlar va misollar

Turli mamlakatlarda kommunal xizmatlari tariflarini oshirishda xizmat sifatini yaxshilashning har-xil usullaridan foydalaniladi. Bunda, xususan, sifat standartlariga rioya qilinmaganligi uchun jarima solish, raqobat muhitini yaratish, ma’lumotlardan ochiq foydalanishni ta’minlash va majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning ichki boshqaruvini takomillashtirish orqali erishiladi. Aksariyat holatlarda yaxshi natijaga erishish uchun yuqoridagi elementlardan uyg‘unlikda foydalaniladi. Strategik islohotlar agentligi…

Qishloq maktablari va shifoxonalarda qo‘llaniladigan oqava suvlarini tozalash va markazlashmagan oqava suv tizimlari bo‘yicha AQSh tajribasi o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi huzuridagi “Delivery Unit” loyiha ofisi tashabbusi bilan O‘zbekistonning turli vazirlik va idoralaridan iborat idoralararo guruhning AQShga oqova suvlarni tozalash va markazlashmagan oqava suv tizimlari bo‘yicha tajriba o‘rganish maqsadida xizmat safari uyushtirildi. Tajriba almashish Safar iqlim sharoiti O‘zbekiston iqlimiga o‘xshash bo‘lgan Aydaho va Yuta shtatlarida bo‘lib o‘tdi. Ushbu safarning asosiy maqsadi kichik aholi…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi: 2024 yil oktyabr oyida belgilangan vazifalar

Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi muntazam tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda. 2024 yilning oktyabr oyida rejaga muvofiq 1 ta Farmon, 1 ta Prezident qarori va 2 ta Hukumat qarori (jami – 5 ta) ishlab chiqilishi belgilangan. Xususan, rejaning 77-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Innovatsion…

Ijtimoiy obyektlar infratuzilmasi holati bo‘yicha geofazoviy ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalalari o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Natijalarga erishishni boshqarish guruhi (Delivery Unit) tomonidan respublika bo‘ylab 9 442 ta maktablarning (97%) infratuzilmasi holati bo‘yicha o‘rganish olib borildi. O‘rganishlar natijasida maktablarning katta qismida markazlashgan ichimlik suvi va oqova tizimiga ulanish bilan bog’liq ishlar olib borilishi maqsadga muvofiqligi ma’lum bo’ldi. Shu bilan birga, joriy yilning yakuniga qadar quyidagi maqsadlar belgilanmoqda: – mahallalar…