Strategik islohotlar agentligida Germaniyaning “DB Engineering & Consulting” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“DB Engineering & Consulting” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Innokentiy Belyakov-Zagumennov kompaniya salohiyatini oshirish bo’yicha takliflar berib, “DB Engineering & Consulting” kompaniyasining Misr, Kanada va Hindistonda yirik temir yo‘l transporti loyihalarini amalga oshirishda xalqaro tajribalarni amalda qo’llash haqida takliflar berdi.
Xususan, kompaniya Misrda uzunligi 2 ming km bo’lgan dunyodagi oltinchi yirik tezyurar tarmoq bo’lgan eng yirik temir yo’l loyihasini boshqaradi. Birinchi liniya 2025-yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.
Kanadada kompaniyasi Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasining temir yo’l infratuzilmasini boshqaradi, u bilan 25 yillik shartnoma tuzilgan.
Uchrashuv davomida Hindiston hukumati bilan temir yo‘llardan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 12 yillik shartnoma imzolandi va maxsus operatsion kompaniya tashkil etildi.
Bundan tashqari, “DB Engineering & Consulting” kompaniyasi konsalting bilan bir qatorda O‘zbekistonda temir yo‘l loyihalarini amalga oshirish va boshqarishga ham tayyor ekanligi haqida so’z yuritdi.
Shu munosabat bilan “DB Engineering & Consulting” kompaniyasi vakillari maqsadli tashkiliy modelni yaratish, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati ish jarayonlarini takomillashtirish, xususiy investitsiya jalb qilgan holda temir yo‘l vokzallarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda ishtirok etishni taklif qildi.
Shu bilan birga, kompaniya “Toshkent-Samarqand” yo’nalishida alohida ajratilgan liniya orqali yuqori tezlikda harakatlanish qurilishida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu yo‘nalishdagi muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.