Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda.
Xususan, rejada 2024 yilning mart va aprel oylarida belgilangan vazifalar yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 5 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilinib, 1 ta amaliy chora-tadbirlar dasturlari tasdiqlandi.
Masalan, ipoteka bozorini rivojlantirish, davlat korxonlarini xususiylashtirish hamda ulardagi aksiya paketlarini ommaviy savdolarga chiqarish, shuningdek, issiqxona gazi savdosini tartibga solishga qaratilgan Prezident va Hukumat hujjatlari qabul qilindi.
Bugungi kunda 7 ta qonun, 3 ta Prezident qarori, 6 ta Hukumat hujjatlari ishlab chiqilib, ularni qabul qilish bo‘yicha tegishli ishlar yakunlanmoqda.
70 ta tuman va shaharlarning master-rejalarini tayyorlash, qishloq xo‘jaligida islohotlarni amalga oshirish markazini tashkil qilish shular jumlasidandir. Bundan tashqari, rejaga muvofiq ishlab chiqilgan 3 ta qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan bo‘lib, deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, joriy yilning may oyida rejalashtirilgan 7 ta Prezident hujjatlari, 1 ta Vazirlar Mahkamasi qarori loyihalari hamda 4 ta dasturlarni ishlab chiqish davom ettirilmoqda.
Tayyorlangan va ishlab chiqilayotgan hujjatlar ahvoli bo‘yicha joriy yil 7-may kuni Davlatimiz Rahbariga axborot berildi.
“Temir yo‘l trancporti to‘g‘risida”gi va “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini ishchi guruhi tashkil qilgan holda, yanada takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.