Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi sohasini isloh qilish

Loyiha maqsadi: Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yaratish, yoʻl tarmogʻida nazoratni kuchaytirish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, xususiy sektor korxonalarini tarmoqqa keng jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish va byudjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish. Asosiy vazifalar: aloqador vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish; xususiy sektorni jalb qilish orqali tarmoqni bosqichma-bosqich isloh…

Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini isloh qilish

Loyiha maqsadi: iqtisodiyot tarmoqlari va aholini temir yoʻl transporti xizmatlari bilan barqaror taʼminlash mexanizmini yaratish. Asosiy vazifalar: aloqador vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish; vokzallar va poyezdlarda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni, shuningdek yuk tashishni yaxshilashga qaratilgan kompleks tadbirlar amalga oshirilishini kuzatib borish; mamlakat Rahbariyatiga temir yoʻl transporti sohasidagi islohotlarni samarali…

“O‘zbekistonda energiya samaradorligi: istiqbollar va muammolar”

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlarining energetika sohasidagi siyosatchilar, olimlar va jamoat arboblari, shuningdek, XMT vakillari Toshkentda “O‘zbekistonda energiya samaradorligi: istiqbollar va muammolar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga yig‘ildi. Tashkilotchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va Yevropa Ittifoqining SECCA loyihasidir. Tadbir Yevropa Ittifoqi-O‘zbekiston: Barqaror energiya kunlari 2023 kampaniyasi doirasida o‘tkazildi. Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad amaliy harakatlarni…

“O‘zbekiston istiqbollari to‘g‘risida” investitsiya sessiyasining ochilishi bo‘lib o‘tdi

Samarqandda YETTB Boshqaruv Kengashining 32-yillik yigʻilishining ikkinchi kuni doirasida “Oʻzbekiston istiqbollari toʻgʻrisida»gi investitsion sessiyaning ochilishi boʻlib oʻtdi. Investitsion sessiyaning yakuniga koʻra Oʻzbekiston hukumati va YETTB oʻrtasida bir qator muhim bitimlar imzolandi. Moliyaviy konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitim: Toshkent shahrida elektr energiyasini taqsimlash boʻyicha konsessiya loyihasi. Ishtirokchilar: Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston…

Oʻzbekiston “Mamlakat platformasi”ning yigʻilishi

2023-yilning 4-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashabbusi va mazkur yilda kotiblik vazifasini bajarayotgan Jahon banki bilan hamkorlikda xalqaro biznes markazida “Mamlakat platformasining” navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining 14 ta tegishli vazirlik va idora vakillari hamda “Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan rivojlanish strategiyalari”da belgilangan vazifalarni bajarishga koʻmak berayotgan 20 dan ortiq…

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va Koreya Respublikasi Iqtisodiyot, gumanitar va ijtimoiy fanlar Kengashi oʻrtasida oʻzaro anglashuv Memorandum imzolandi. Ushbu qadam ikki mamlakat oʻrtasida islohotlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, davlat korxonalari faoliyatining jarayonlarini hamda strategik rejalashtirish sohasidagi hamkorlik ishlarini, iqtisodiy taraqqiyot tahlilini, islohotlar samaradorligini baholash va monitoring qilishni yaxshilashga qaratilgan.

SIA va YETTB: hamkorlikning yangi bosqichi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Oʻzbekiston bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni davom ettirib, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan innovatsion loyihalarni amalga oshirishda koʻmak bermoqda. 2022-yilning oʻzida YETTB 26 ta loyihalar amalga oshirilishi uchun Oʻzbekistonga 900 mln yevro investitsiya kiritdi. YETTB mablagʻlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy portfeli esa jami 1,7 mlrd yevro qiymatga ega 57 ta…

«Delivery Unit»: ijtimoiy islohotlarga qaratilgan loyiha

2022-2026-yillarda Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yettita asosiy vazifani tasdiqladi. Taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalarini isloh qilish, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash shular jumlasidandir. Tashkil qilingan «Delivery Unit» (tarjimada – Natijalarga erishish Ofisi) Ofisining eʼtibori ana shu ustuvor yoʻnalishlarga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligida boʻlib oʻtgan tadbirda «Delivery Unit» Ofisining…

Banklar kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni Asakabank va O‘zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Iqtisodiyot o‘sishida bank tizimining ahamiyati katta. Yurtimizda bu sohadagi islohotlar natijasida oxirgi uch yilda, banklarning umumiy kreditlari xajmi 2 baravar, kapital xajmi 1,6 baravarga oshgan. Banklarimiz ilk bor nufuzli xalqaro kredit reytinglariga ega bo‘lib, xalqaro kapital bozorlarida yevrobondlar…

“Rothschild & Co” bank va moliya sektoridagi xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etadi

Oʻtgan yilning noyabr oyida Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga tashrif buyurdi. Oliy darajadagi muzokaralar natijasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga doir kelishuvlarga erishildi. Umuman olganda, Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan 14 ta shartnomalar tuzildi. Eslatib…