“Soakaway” tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi

Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Natijalarga erishishni boshqarish guruhi (Delivery Unit) ofisida respublikaning barcha viloyat va tuman hokimliklari, loyihalash va pudrat tashkilotlari hamda qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida “Soakaway” infiltratsiya texnologiyasiga asoslangan innovatsion avtonom kanalizatsiya tizimlarini joriy etish masalasiga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar…

Strategik islohotlar agentligida BCG vakillari bilan O‘zbekistonda energetikani rivojlantirish istiqbollari muhokama qildi

Bugun Strategik islohotlar agentligida “Boston Consulting Group” (BCG) xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Abdulla Abduqodirov, BCG vakillari Igor Alekseev, Vasiliy Guryev va Igor Kopytov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda 2035-yilgacha energetikani rivojlantirish boʻyicha Master-reja muhokama qilindi. Mazkur hujjat energetik resurslarga boʻlgan talab, ishlab chiqarish va…

O‘zbekiston turizmini 2040-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi

Bugun Toshkent shahrida «Reformatics» xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiev hamda «Reformatics» bosh hamkori Niko Gilauri va kompaniyaning boshqa vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tomonlar sohaga investitsiyalarni jalb qilish va infratuzilmani…

Strategik islohotlar agentligida Suma Chakrabarti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida agentlik direktori Baxodir Raxmatovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga qaratilgan Prezident Farmoni loyihasini muhokama qildilar. Mamlakat raqobatbardoshligini mustahkamlash va barqaror o‘sishni ta’minlashga xizmat qiluvchi ilg‘or xalqaro tajribalarni integratsiya qilish bo‘yicha takliflar…

“Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish ishlari boshlandi

Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Natijalarga erishishni boshqarish guruhi Deliver Unitda “Maʼlumotlarni boshqarishning milliy tizimi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish masalasiga bag‘ishlangan ishchi guruhning dastlabki yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Qonun loyihasi muvaffaqiyatli xalqaro tajribalarga asoslangan, hujjatning amal qilish doirasi va asosiy texnik jihatlarini belgilab beruvchi konsepsiyaga muvofiq ishlab chiqilmoqda. Muhokamalar chogʻida yangi tizim ma’lumotlaridan foydalanish jarayoni davlat…

Strategik islohotlar agentligida tungi iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov raisligida tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Transport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Turizm qo‘mitasi, Statistika agentligi, Toshkent shahri hokimligi va Savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirok…

Strategik islohotlar agentligi va MMTV tomonidan maktablarda sanitariya sharoitlarini yaxshilashga doir besh yillik dastur ishga tushirilmoqda

Yaqinda Toshkent shahrida Strategik islohotlar agentligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston maktablarida sanitariya sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha besh yillik dasturni ishlab chiqishga bag‘ishlangan ishchi guruhning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Tadbir Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida vazir o‘rinbosari Temur Komilov rahbarligida va Strategik islohotlar agentligi, mazkur Agentlik huzuridagi Delivery Unit ofisi, Qurilish va kommunal…

Davlat boshqaruvini shakllantirishda IHTT tavsiyalari ko‘rib chiqildi

2024-yilning 7-noyabr kuni Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan o‘tkazilgan hamda GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilgan “Davlat boshqaruvi sharhi”ning yakuniy hisoboti taqdimotiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Sharhdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi tizimini har tomonlama oʻrganish, uning samaradorligini baholash va takomillashtirish boʻyicha takliflar berishdan iborat edi.…

O‘zbekistonning migratsiya strategiyasini ishlab chiqish borasidagi ishlar ekspertlar tomonidan muhokama qilindi

Yaqinda Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Oliy Majlis Senati va tomonidan “O‘zbekistonda gender tenglik va inson huquqlariga asoslangan migratsiya siyosatini ishlab chiqish” mavzusida tashkil etilgan to‘rt kunlik trening o‘z ishini yakunladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar…

Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha hamkorlik xalqaro tarmog‘ining (MPPN) 9-yig‘ilishi boshlandi

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish Strategik islohotlar agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifa doirasida Agentlik ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlashdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha hamkorlik xalqaro tarmog‘ining (MPPN) 9-yig‘ilishda yuqoridagi kabi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.…