Ma’lumotlarni boshqarish sohasida tajriba almashildi

Yaqinda Strategik islohotlar agentligi huzuridagi “Delivery Unit” ofisi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Statistika agentligi, Elektron hukumat markazi va Kadastr agentligi xodimlaridan tashkil topgan delegatsiya Latviyaning maʼlumotlarni boshqarish va ularning davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ahamiyatini o‘rganish maqsadida ushbu mamlakatda bo‘lishdi. Tashrif davomida latviyalik ekspertlar bilan maʼlumotlarni samarali boshqarish, innovatsion yondashuvlar va…

Strategik rejalashtirishda samaradorlikni oshirish yo‘llariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati hamkorligida “Davlat xizmatida strategik rejalashtirish: samaradorlikni oshirish yo‘llari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, maxsus attashe Yeva Yaunzeme, Latviyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Reynis Troksha va GIZ dasturi menejeri Viktor Kesslerlarning kirish so‘zlari bilan boshlandi. Seminarning rasmiy ochilishi va…

Bo‘ka tumanida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilashga doir Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi

Toshkent viloyati va Bo‘ka tumani hokimliklari hamda mahalliy tadbirkorlar bilan birgalikda Bo‘ka tumanida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilashga doir Vazirlah Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Xususan, qaror loyihasida quyidagi tashabbuslar ilgari surilmoqda: 1) A-373 “Ohangaron – Guliston” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining Bo‘ka tumani hududidan o‘tgan 31 km qismining yo‘l bo‘yidagi 50 gektar yer maydonida zamonaviy…

Nurafshon shahrida sanoat va tashqi savdo industrial texnoparkini tashkil etish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga doir Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi

Toshkent viloyati, Nurafshon shahri hokimliklari hamda mahalliy tadbirkorlar bilan birgalikda Nurafshon shahrida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga doir Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi. Xususan quyidagi tashabbuslar ilgari surilmoqda: 1) “Nurafshon sanoat va tashqi savdo industrial texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish; Industrial texnopark hududida aholi uchun ijtimoiy, xizmat va servis obyektlarini qurish, 2-7 qavatli ishlab…

O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar belgilandi

Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qarori ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2024–2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarori qabul qilindi. Qarorda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga binoan DXSH loyihalariga 2030-yilga qadar kamida 30 mlrd AQSH dollari miqdorida xususiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadli ko‘rsatkichini ta’minlash, hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish uchun hududlarda…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi: 2024 yil avgust oyida belgilangan vazifalar ijrosi

Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda. 2024 yilning avgust oyida rejaga muvofiq 3 ta qonun, 3 ta Prezident qarori, 2 ta Hukumat qarori va 1 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami – 9 ta tadbir) ishlab…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi: 2024 yil sentyabr oyida belgilangan vazifalar

Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda. 2024 yilning sentyabr oyida rejaga muvofiq 1 ta qonun, 2 ta Farmon va 1 ta Hukumat qarori (jami – 4 ta) ishlab chiqilishi belgilangan. Xususan, rejaning 70-bandi…

O‘zbekistonning migratsiya strategiyasini ishlab chiqish borasidagi ishlar ekspertlar tomonidan muhokama qilindi

Yaqinda Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Oliy Majlis Senati va tomonidan “O‘zbekistonda gender tenglik va inson huquqlariga asoslangan migratsiya siyosatini ishlab chiqish” mavzusida tashkil etilgan to‘rt kunlik trening o‘z ishini yakunladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar…

Dehqonobod tumanining “o‘sish nuqtalari” asosida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi

Avval xabar berilganidek, Strategik islohotlar agentligi tomonidan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida tuman hokimligi bilan birga tegishli takliflar ishlab chiqildi. Ma’lumot uchun: Dehqonobod tumani 5-toifaga kiradi, tumandagi 51 ta mahallada 159 ming nafar doimiy aholi istiqomat qiladi. Tuman byudjeti daromadlari 154,7 mlrd, xarajatlari esa…

Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha hamkorlik xalqaro tarmog‘ining (MPPN) 9-yig‘ilishi boshlandi

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish Strategik islohotlar agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifa doirasida Agentlik ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlashdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha hamkorlik xalqaro tarmog‘ining (MPPN) 9-yig‘ilishda yuqoridagi kabi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.…