Strategik rivojlanish agentligi faoliyati yuqori doirada muhokama qilindi

12-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi faoliyati muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi farmoniga muvofiq, Strategik rivojlanish agentligi tashkil etilgan. Agentlikka investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini oʻrganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash, xalqaro tajriba asosida iqtisodiyot tarmoqlarini isloh…

Agentlik huzuridagi Strategik tashabbuslar akseleratori doirasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Markaziy bank, Iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa idoralar vakillari ishtirokida ishchi uchrashuvlari oʻtkazildi. Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Strategik rivojlanish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.…

Joylarda loyihalarni tanlash va amalga oshirishning uslubiy jihatlari muhokama qilindi

Strategik rivojlanish agentligi investitsiya va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda mamlakat hududlarida loyiha guruhlari tomonidan loyihalarni tanlash va amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy etish boʻyicha ish olib bormoqda. Mazkur faoliyat doirasida Agentlik tomonidan Respublikaning tuman va shaharlarida eng istiqbolli loyihalarni tanlab olishning amaldagi tizimi tahlil qilindi. Agentlikni oʻrganish natijalari investitsiya va tashqi savdo sohasida samarali…

Oʻzbekiston-BAA oʻrtasidagi hamkorlik dasturi amalda

Strategik rivojlanish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat xizmatchilari orasidan yosh yetakchilar uchun oʻquv dasturini ishga tushirdi. Loyiha konsyepsiyasida Oʻzbekiston Respublikasining turli vazirlik va idoralaridan yosh mutaxassislarni BAA davlat muassasalarida oʻqitish va amaliyot oʻtishlarini tashkil etish koʻzda tutilgan. BAAda 8-dekabr kuni boshlangan oʻquv…

Toshkent «Italiya – Markaziy Osiyo» shaklidagi ikkinchi vazirlar konferensiyasiga mezbonlik qildi

Bu galgi konferensiyaga Oʻzbekiston Respublikasi raislik qildi. Unda tashqi ishlar vazirlari Markaziy Osiyo va Italiya oʻrtasidagi munosabatlar holati hamda kelgusi hamkorlik samarasini muhokama qilishdi. Konferensiya uchta alohida sessiyalardan iborat boʻldi. Xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari boʻyicha uchrashuvga Investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari – Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori Laziz Kudratov moderatorlik…

IHTT va Agentlik hamkorlikning yangi loyihalarini belgilab olishdi

Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa/Janubiy Kavkaz uchun IHTT Yevroosiyo raqobatbardoshlik dasturi boshqaruv qoʻmitasining onlayn yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv mintaqadagi dasturning ishini va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda hamkor mamlakatlarning dinamikasi bilan tanishish, shuningdek, IHTTning eng yaxshi amaliyotlarini oʻrganish va almashish doirasida mintaqa mamlakatlarining IHTT bilan aloqalarini mustahkamlash imkonini berdi. Yigʻilishda Oʻzbekiston tomonidan Strategik rivojlanish agentligi bosh…

Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining ustuvor masalalari muhokamasi

Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori Laziz Kudratov hamda Rossiya Federatsiyasining Strategik tashabbuslar agentligi rahbari Svetlana Chupsheva oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Rossiyalik hamkasblar ikki tashkilot oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirishni ustuvor vazifa ekanini taʼkidlab, strategik tashabbuslarni hayotga tadbiq etilishida oʻzaro bilim va tajribalarini almashishga tayyor ekanliklarini bildirib oʻtirishdi. Oʻz oʻrnida Oʻzbekiston tomoni ham…

Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi koʻp tarmoqli hamkorlikni rivojlantirib

Bugun Moskvada Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi hamda Avtonom notijorat tashkilotlari boʻlgan “Yangi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha strategik tashabbuslar agentligi”, “Milliy texnologiya tashabbusi platformasi”, “Milliy texnologiyalar tashabbusi – 2035 Universiteti” bilan oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi. Imzolangan hujjatning asosiy maqsadi, Rossiya bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, oʻzaro tajriba, bilim va malaka almashish, investitsiya muhitini…

Xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

BMTTD delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Agentlikning roli muhokama qilindi. BMTTD bilan BMTning Oʻzbekiston bilan hamkorlikdagi milliy moliyalashtirishning kompleks mexanizmini yaratish boʻyicha dasturini amalga oshirishda texnik yordam koʻrsatish masalalari koʻrib chiqildi. Yana bir uchrashuv Irlandiyaning “IDI” instituti vakillari bilan oʻtkazildi.…