Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda.
Rejaga muvofiq, 2024 yilning iyun va iyul oylarida 5 ta qonun, 1 ta farmon, 5 ta Prezident qarori, 3 ta Hukumat qarori va 2 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami 16 ta) ishlab chiqilishi belgilangan.
Bugungi kun holatida 8 ta (50%) topshiriq ijrosi ta’minlanib, xususan, 2 ta qonun imzolash uchun taqdim etildi, 1 ta Farmon, 2 ta Prezident qarori va 1 ta Hukumat qarori qabul qilindi hamda 2 ta chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, hozirda ularni amaliyotga joriy qilish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, joriy yil 18 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Shu bilan birga, 2 ta qonun loyihasi – “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi va “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan hamda “Renovatsiya to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Chora-tadbirlar rejasida ishlab chiqilishi nazarda tutilgan
1 ta Prezident qarori loyihasi Prezident Administratsiyasi tomonidan, shuningdek, 2 ta Prezident qarori va 2 ta Vazirlar Mahkamasi qarori loyihalari Hukumat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Strategik islohotlar agentligi tomondan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasining bajarilishi bo‘yicha keng jamoatchilikka muntazam ravishda axborot berib boriladi.