Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi transformatsiya qilinmoqda
Strategik islohotlar agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida “Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni boshqaruv sohasi va davlat xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmon loyihasi tayyorlandi. Xususan, loyihada Davlat boshqaruvi akademiyasini tubdan transformatsiya qilish yo‘nalishlari va unga yuklatiladigan asosiy vazifalar, shu jumladan davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirib borish,…