Yaqinda Strategik islohotlar agentligi huzuridagi “Delivery Unit” ofisi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Statistika agentligi, Elektron hukumat markazi va Kadastr agentligi xodimlaridan tashkil topgan delegatsiya Latviyaning maʼlumotlarni boshqarish va ularning davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ahamiyatini o‘rganish maqsadida ushbu mamlakatda bo‘lishdi.
Tashrif davomida latviyalik ekspertlar bilan maʼlumotlarni samarali boshqarish, innovatsion yondashuvlar va maqbul qarorlar qabul qilishda maʼlumotlardan foydalanish masalalariga eʼtibor qaratilib, chuqur muhokamalar davomida tajriba almashildi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha ishchi guruh ma’lumotlarni boshqarish milliy tizimi to‘g‘risidagi qonun konsepsiyasini ishlab chiqishga kirishdi. Xizmat tashrifi Latviya Moliya va shartnomalar markaziy agentligi, shuningdek, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) topshirig‘i bilan GIZ tomonidan amalga oshirilayotgan Samarali boshqaruv dasturi ko‘magida tashkil etildi.