Bugun Strategik islohotlar agentligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati hamkorligida “Davlat xizmatida strategik rejalashtirish: samaradorlikni oshirish yo‘llari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, maxsus attashe Yeva Yaunzeme, Latviyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Reynis Troksha va GIZ dasturi menejeri Viktor Kesslerlarning kirish so‘zlari bilan boshlandi.
Seminarning rasmiy ochilishi va kirish so‘zlaridan so‘ng Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Delivery Unit ofisi rahbari Aziza Umarova moderatorligida “Dalillarga asoslangan siyosat: samarali strategik rejalashtirish uchun ma’lumotlarni boshqarish” mavzusidagi davra suhbati boshlandi. Muhokama davomida GIZ strategik rejalashtirish bo‘yicha eksperti Zorka Kordich, Latviya Davlat kansleri maslahatchisi Mara Simane va Latviya Moliya vazirligining Byudjetni rivojlantirish siyosati departamenti direktori Karlis Keters kabi ekspertlar dalillarga asoslangan siyosat va uni amaliyotda qo‘llashmuhokama qildilar. mumkin.
So‘ng Strategik islohotlar agentligi guruh rahbari Bekzod Kurbanov moderatorligida “O‘rta muddatli dasturlarni shakllantirishda sanoat strategiyalarining ahamiyati” mavzusidagi davra suhbati boshlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari o‘rta muddatli dasturlarni shakllantirishda dasturiy byudjetlashtirish va qishloq xo‘jaligida tarmoq strategiyasiga oid masalalarni muhokama qildilar.
Bundan tashqari, 12-sentabr kuni “Davlat sektorida strategik rejalashtirish” seminari bo‘lib o‘tadi. Tadbir GIZning strategik rejalashtirish bo’yicha eksperti Zorka Kordich boshchiligidagi sessiya bilan boshlanib, unda strategik siyosatni rejalashtirish, vaziyatni tahlil qilish va muammolarni aniqlash kabi jihatlarga e’tibor qaratiladi. Seminar ishtirokchilari keyinchalik strategik rejalashtirish ko’nikmalarini rivojlantirishlari mumkin bo’lgan guruh mashqlarida qatnashadilar. Shuningdek, Latviya Moliya vazirligining Byudjetni rivojlantirish siyosati departamenti direktori Karlis Keters Latviya tajribasidan kelib chiqib, real misollardan foydalangan holda dasturiy byudjetlashtirish bo‘yicha sessiya o‘tkazadi. Latviya Davlat kanselyariyasi maslahatchisi Mara Simane strategik rejalashtirishning asosiy tamoyillarini muhokama qilishni davom ettirib, asosiy e’tiborni qonunchilik va amaliyotga, shuningdek, muvofiqlashtirilgan siyosatni rejalashtirishga qaratadi.