Davlatimiz Rahbari tomonidan 2024 yilning 3 oktyabr kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasining “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonuni joriy yilning iyul-sentyabr oylarida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Strategik islohotlar agentligi yordamida hamda 10 ta vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqildi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida, jamoatchilik va kreativ iqtisodiyot vakillari bilan 10 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning fikrlari inobatga olindi, BMTning kreativ iqtisodiyotga mansub 2 ta rezolyutsiyasi va 11 ta mamlakatning tajribasi o‘rganib chiqildi.
Xususan, soha vakillarining talablariga binoan, Qonunda kreativ iqtisodiyot vakillarining reyestrini olib boorish bo‘yicha normalar chiqarib tashlandi hamda infratuzilma va taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, kreativ sohani rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi tashkil qilinishi belgilandi.
Respublika kengashi tarkibi kreativ industriya sohalari bo‘yicha tegishli davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, kreativ industriya sohasidagi yetakchi tadbirkorlar hamda xalqaro va mahalliy ekspertlardan iborat bo‘ladi.
➡️Qonunning to’liq matni: Xalq so’zi gazetasi