Strategik islohotlar agentligi tomonidan avvalroq O‘zbekistonning pensiya tizimidagi joriy holat o‘rganilib, uni takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqilgan. Agentlik mazkur yo‘nalishdagi faoliyati doirasida tizimdagi kamchiliklarni tahlil qilish va uni isloh qilish yo‘llarini aniqlashda o’z hissasini qo’shib bormoqda.
Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida 2024-yil 23-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi 600-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo’yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlanib, Strategik islohotlar agentligi direktori B.Raxmatov mazkur Ichshi guruh tarkibiga Ichshi guruh rahbarining o’rinbosari sifatida kiritildi.
Ishchi guruh tomonidan pensiya tizimidagi muammolar tahlil qilinib, ilg‘or xorijiy tajriba asosida pensiya tizimining barqarorligini taʼminlash hamda ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan takliflar tayyorlanadi.
➡️Qarorning to‘liq matni:Davlat_pensiya_ta’minoti_tizimini_isloh_qilish_konsepsiyasini_ishlab_chiqish