O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-sentabrdagi “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi 600-son qarori qabul qilindi.
Strategik islohotlar agentligi tomonidan avvalroq O‘zbekistonning pensiya tizimidagi joriy holat o‘rganilib, uni takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqilgan. Agentlik mazkur yo‘nalishdagi faoliyati doirasida tizimdagi kamchiliklarni tahlil qilish va uni isloh qilish yo‘llarini aniqlashda o’z hissasini qo’shib bormoqda. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida 2024-yil 23-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish…