Bugun Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasidagi «Kreativ ekotizim istiqboli: inklyuzivlik, barqarorlik va moslashuvchanlik» mavzusiga bag‘ishlangan panel munozarasida ishtirok etdi.
Munozarada shuningdek Rossiya Kreativ iqtisodiyotini rivojlantirish markazi direktori Yekaterina Cherkes-zade ham ishtirok etib, tadbir davomida O‘zbekiston va Rossiyada kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, Baxodir Raxmatov O‘zbekistonda yaqinda qabul qilingan «Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida»gi Qonun haqida ma’lumot berib, mazkur Qonunning ishlab chiqilishiga turtki bo‘lgan omillar va hukumat tomonidan kreativ industriyalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan aniq choralar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Yekaterina Cherkes-zade o‘z navbatida Rossiyada ikki oy avval qabul qilingan kreativ industriyalarni rivojlantirish to‘g‘risidagi qonun va uning asosiy jihatlari haqida ma’lumot berdi hamda qonunni joriy etish bo‘yicha istiqboldagi qadamlar haqida gapirdi.
Tadbir davomida shuningdek kreativ iqtisodiyotning eksportdagi roli, kreativ iqtisodiyotni xalqaro bozorlarga integratsiya qilish rejalari hamda kreativ mahsulotlarni xorijda ilgari surish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir taqdimotlari: Креатив иқтисодиёт Kreativ ekotizim istiqboli inklyuzivlik, barqarorlik va moslashuvchanlik