Strategik islohotlar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 29 maydagi PQ-198-son qaroriga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari tomonidan xorijiy konsultant va ekspertlarni jalb etish jarayenini muvofiqlashtiruvchi organ sifatida belgilangan bo‘lib, Agentlik tomonidan mazkur yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
2024 yil 29 maydagi PQ–198–son qaror ijrosini ta’minlash maqsadida xorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron platformasi (xorijiyekspertlar.uz) ishga tushirildi. Hozirda platformada 91 ta foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tkazilib, 20 ta loyiha e’lon qilingan, 23 ta konsultant haqida ma’lumot jamlangan.
Jumladan, yaqinda vazirlik va idoralar tomonidan jalb etilgan xorijiy konsultant va ekspertlarning Murojaatnoma-2025 loyihasi bo‘yicha takliflari umumlashtirilgan bo‘lib, ular qatorida qo‘shilgan qiymati baland mahsulotlarni ishlab chiqishni kengaytirish, Soliq qo‘mitasining 2025–2030 yillardagi strategiyasini xalqaro standartlarga asoslangan holda ishlab chiqish, shu bilan birga qishloq xo‘jaligi, eksport, tog‘-kon sanoati, qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish va bir qator boshqa sohalarga oid takliflar o‘rin olgan.
Polshalik ekspert Veslav Kachmarek (Polsha) tomonidan qo‘shilgan qiymati baland mahsulotlarni ishlab chiqishni kengaytirishga qaratilgan davlat korxonalarida “Tadqiqot va rivojlantirish” (R&D) markazlarini tashkil etish, mavjudlarining faoliyati va ish natijalarini monitoring qilish tizimini yaratish taklifi ilgari surilmoqda.
Yaponiyalik Tadeshi Onoderaning (Yaponiya) taklifi kichik va o‘rta biznes egalarini moslashuvchan biznes ko‘nikmalariga (surviving, co-existence, kaizen, time-management, lean management va boshqalar) o‘qitishni o‘z ichiga olgan.
Rossiyalik eksperti Mixail Isayev turli sohalarda (innovatsion loyihalar, texnologiya, IT, tor doiradagi sanoat loyihalari) xotin-qizlarning yetakchiligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning xalqaro loyihalarda ishtirokini faollashtirishni taklif etdi.
Bundan tashqari, kelib tushayetgan taklifar ichida AQShlik ekspert Mishel Geddi tomonidan ilgari surilayetgan xalqaro fan olimpiadalariga tayerlashda zarur bo‘lgan chet el darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini o‘rganib chiqib, milliy qo‘llanmalar yaratish taklifga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shveysariyalik ekspert Shtefan Riderer tomonidan aktivlar sifatini to‘g‘ri baholash va banklar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida stress-testlar sifatini oshirish va Moliya tizimini baholash dasturini (FSAP) joriy qilish taklifi bildirildi.
Yuqoridagi kabi barcha tashabbuslar sinchkovlik bilan tahlil qilinib, Murojaatnoma-2025 loyihasiga kiritish maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.