O‘zbekiston – Qozog‘iston: strategik rejalashtirish va islohotlar sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart To‘qayevning O‘zbekistonga uyushtirilgan Davlat tashrifi yakuni bo‘yicha ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kuchaytirishga yo‘naltirilgan 15 ta hujjat imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va Qozog‘iston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi o‘rtasidagi Hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolangan hujjatlardan biridir. Mazkur Memorandum doirasida Tomonlar strategik rejalashtirish, davlat…