Samarqandda YETTB Boshqaruv Kengashining 32-yillik yigʻilishining ikkinchi kuni doirasida “Oʻzbekiston istiqbollari toʻgʻrisida»gi investitsion sessiyaning ochilishi boʻlib oʻtdi. Investitsion sessiyaning yakuniga koʻra Oʻzbekiston hukumati va YETTB oʻrtasida bir qator muhim bitimlar imzolandi.
Moliyaviy konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitim:
Toshkent shahrida elektr energiyasini taqsimlash boʻyicha konsessiya loyihasi.
Ishtirokchilar: Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi.
Loyiha qiymati: 300 millionov AQSH dollari.
Umumiy quvvati 1600 MVt.gacha boʻlgan gaz turbina qurilmasining yigʻma siklini ishlab chiqish loyihasi.
Ishtirokchilar: Abu-Dabi Milliy Energetika Kompaniyasi (TAQA), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi.
Loyiha qiymati: 1,2 milliard dollar.
Gaz yoqilgʻisida elektr energiyasini ishlab chiqarish va elektr energiyasini taqsimlash boʻyicha mavjud va yangi konsessiya loyihalarini ishlab chiqish.
Loyiha qiymati: 3 milliard dollar.
“Yashil vodorod” loyihasi.
Ishtirokchilar: ACWA Power, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.
Loyiha qiymati: 88 million AQSH dollari
Hamkorlikda rivojlantirish toʻgʻrisidagi bitim:
Energiyani saqlash boʻyicha loyihalar uchun umumiy quvvati 2150 MVt va 500 MVts boʻlgan fotoelektr va shamol loyihalarini ishlab chiqish.
Ishtirokchilar: Masdar, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi.
Loyiha qiymati: 2,6 milliard dollar.
Surxondaryo viloyatida suv taʼminoti tizimi konsessiyasi.
Ishtirokchilar: SUEZ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzsuvtaʼminot.
Loyiha qiymati: 500 million AQSH dollari.
Ishtirokchilar: Samarqand hokimligi va Transport vazirligi.
Loyiha qiymati: 49 million AQSH dollari.