Hamkorlik memorandumi imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va Koreya Respublikasi Iqtisodiyot, gumanitar va ijtimoiy fanlar Kengashi oʻrtasida oʻzaro anglashuv Memorandum imzolandi. Ushbu qadam ikki mamlakat oʻrtasida islohotlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, davlat korxonalari faoliyatining jarayonlarini hamda strategik rejalashtirish sohasidagi hamkorlik ishlarini, iqtisodiy taraqqiyot tahlilini, islohotlar samaradorligini baholash va monitoring qilishni yaxshilashga qaratilgan.