Loyiha maqsadi: iqtisodiyot tarmoqlari va aholini temir yoʻl transporti xizmatlari bilan barqaror taʼminlash mexanizmini yaratish.
Asosiy vazifalar:
- aloqador vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish;
- vokzallar va poyezdlarda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni, shuningdek yuk tashishni yaxshilashga qaratilgan kompleks tadbirlar amalga oshirilishini kuzatib borish;
- mamlakat Rahbariyatiga temir yoʻl transporti sohasidagi islohotlarni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni hal qilishga doir axborot va takliflarni muntazam kiritib borish.