Loyiha maqsadi: Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yaratish, yoʻl tarmogʻida nazoratni kuchaytirish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, xususiy sektor korxonalarini tarmoqqa keng jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish va byudjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Asosiy vazifalar:
- aloqador vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish;
- xususiy sektorni jalb qilish orqali tarmoqni bosqichma-bosqich isloh qilish;
- mamlakat Rahbariyatiga islohotlarni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni hal qilishga doir axborot va takliflarni muntazam kiritib borish.