Nurafshon shahrining salohiyati va “o‘sish nuqtalari” o‘rganilib, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi
Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan Nurafshon shahrining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida shahar hokimligi bilan birga hududni rivojlantirishga doir tegishli takliflar ishlab chiqildi. Ma’lumot uchun: Nurafshon shahri 2-toifaga kiradi, shaharning 56 ming nafardan iborat doimiy aholisi 22 ta mahallada istiqomat qiladi. Shahar byudjeti daromadlari va xarajatlari tegishincha 68,1…