Yevropa yashil bitimi (European Green Deal) Yevropa Ittifoqining 2050-yilgacha iqlim neytralligiga erishish maqsadida iqtisodiyot va jamiyatni transformatsiya qilishga qaratilgan dasturi hisoblanadi. Ushbu tashabbus iqlim neytralligi, toza energiya, barqaror sanoat, ekologik transport, investitsiyalar, shuningdek, barqaror qishloq xo‘jaligi siyosatini o‘z ichiga oladi. Strategik islohotlar agentligi tomonidan Yevropa yashil bitimining asosiy elementlari va ularni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari o‘rganildi.
- Iqtisodiyot va jamiyatni transformatsiya qilish
Yevropa Ittifoqining barcha 27 a’zosi 2050-yilgacha Yevroittifoqni birinchi iqlim neytral kontinentga aylantirish vazifasini o‘z zimmalariga olgan. Buning uchun ular 2030-yilgacha chiqindilarni kamida 55%ga qisqartirish majburiyatin yuklangan.
Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotning barcha asosiy sektorlarini qamrab oluvchi quyidagi yuridik majburiy maqsadlarga ega:
a) bir qator sektorlarda chiqindilarni qisqartirish;
b) tabiiy uglerod yutuvchilarni ko‘paytirish;
v) chiqindilar kvotalari savdosining yangilangan tizimi, chiqindilarni cheklash, ifloslanishga narx belgilash va investitsiyalarni jalb qilish;
g) fuqarolar va kichik biznes uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.
Davlatlar chiqindilar kvotalari savdosidan tushadigan daromadlarning 100%ni iqlim va energetika bilan bog‘liq loyihalarga, shuningdek, o‘tish davrining ijtimoiy qismlariga sarflaydi.
- Barcha uchun barqaror transportni ta’minlash
Yangi uglerod gazi chiqindilari standartlari tufayli Yevropada ro‘yxatdan o‘tgan barcha yangi avtomobillar va furgonlar 2035-yilga kelib nol chiqindiga ega bo‘ladi. Nol chiqindilarga erishish yo‘lidagi o‘rtacha qadam sifatida yangi yengil avtomobillar chiqindilari 2030-yilgacha 55%ga, yangi furgonlar chiqindilari esa 2030-yilgacha 50%ga qisqartirilishi kerak. Bu avtomobil transportini 2050-yilga kelib nol chiqindili harakatlanish yo‘liga qo‘yadi.
Bundan tashqari, 2027-yildan boshlab avtomobil transporti chiqindilar kvotalari savdosi bilan qamrab olinadi, bu ifloslanishga narx belgilash, toza yoqilg‘idan foydalanishni rag‘batlantirish va ekologik texnologiyalarga qayta sarmoya kiritishga imkon beradi.
- Yashil sanoat inqilobida yetakchi o‘rinni egallash
Zelyonыy kursning sanoat rejasi orqali Yevropa Ittifoqi nol energetik iste’molga ega bo‘lgan yevropa sanoatining raqobatbardoshligini oshirish va iqlim neytralligiga o‘tishni tezlashtirish niyatida. Zelyonыy kursning sanoat rejasining maqsadi Yevropa sanoat innovatsiyalari va toza texnologiyalar vatani sifatida mustahkam o‘rin olishidir.
2023-yil mart oyida taqdim etilgan nol energetik iste’molga ega bo‘lgan sanoat qonuni, Yevropada toza texnologiyalar ishlab chiqarishni kengaytirish va “yashil” ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan sanoat rejasining bir qismidir.
- Energetika tizimini tozalash
2030-yilgacha parnik gazlari chiqindilarini kamida 55%ga qisqartirish, bu esa qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini oshirish va energiya samaradorligini oshirishni talab qiladi.
2023-yil mart oyida Yevropa Ittifoqi qayta tiklanadigan energiya manbalari quvvatini oshirish bo‘yicha majburiy qonunni maqulladi, 2030-yil uchun majburiy maqsadni 32%dan kamida 42,5%ga, uzoq muddatli maqsadni esa 45%ga oshirdi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi darajasida 2030-yilgacha energiya samaradorligini 11,7%ga oshirish bo‘yicha yangi majburiy maqsad belgilandi. Davlatlar 2024-yildan 2030-yilgacha har yili o‘rtacha 1,49% iqtisodiyotga erishishlari kerak bo‘ladi.
- Binolarni ekologik nuqtayi nazardan rekonstruksiya qilish
Yevropa komissiyasi kelgusi o‘n yil ichida binolarni yangilash sur’atlarini kamida ikki baravar oshirish va rekonstruksiya natijasida energiya va resurs samaradorligini oshirish maqsadini qo‘yadi.
Yevropa Ittifoqi binolari bo‘yicha yangi qoidalarni to‘ldirish va davlatlar sa’y-harakatlarini yo‘naltirish uchun yangi milliy maqsad ko‘rsatkichi — binolar sektorida 49% qayta tiklanadigan energiya joriy etiladi.
- Tabiatni asrash
Tabiatni tiklash va bioxilma-xillikni ravnaq toptirish — uglerod singdirish va saqlash muammosini tez va arzon yechimidir. 2030-yilgacha bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi strategiyasi — tabiatni himoya qilish va Yevropa bioxilma-xilligini insonlar, iqlim va sayyora manfaatlari uchun tiklash yo‘lidagi kompleks uzoq muddatli rejadir.
Strategiya quyidagi aniq majburiyatlar va tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
a) “Natura 2000” mavjud hududlarni — qo‘riqlanadigan qo‘llanadigan qit’a va dengiz hududlarining umumevropalik tarmog‘ini kengaytirish;
b) tabiatni tiklash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi rejasini ishga tushirish, jumladan, tabiatni tiklash bo‘yicha ilk qonun (2024-yil 16-iyun kuni Yevropa Kengashi tabiatni tiklash bo‘yicha ilk qonunni rasman qabul qildi);
v) bioxilma-xillikni moliyalashtirishni ochish, zarur o‘zgarishlarni ta’minlash;
g) bioxilma-xillik muammosini hal qilish bo‘yicha choralarni joriy etish;
d) 2030-yilgacha o‘g‘itlardan foydalanishni kamida 20%ga qisqartirish va fermerlik xo‘jaliklari maydonining kamida 4%ini “noishlab chiqarish zonalari yoki obyektlari” uchun ajratish majburiyati.
7. Global iqlim tadbirlarini faollashtirish
Yevropa “yashil kurs”i asosiy xalqaro sheriklarni iqlim neytralligiga erishish muddatlarini belgilashga ilhomlantirgan ijobiy misol bo‘ldi. Qayta tiklanadigan energiya manbalari texnologiyalariga sarmoya kiritish orqali Yevropa Ittifoqi kompetensiyalarini oshiradi va butun dunyo uchun foydali bo‘ladigan mahsulotlarni ishlab chiqadi.
2023-yilda Dubayda bo‘lib o‘tgan BMTning COP28 sammitida Yevropa Ittifoqi global iqlim maqsadlarini sezilarli oshirish uchun chiqish qildi, bu esa Parij bitimiga muvofiq 1,5°C maqsadini saqlashga imkon beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hozirda mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda Yevropa yashil bitimining ayrim yo‘nalishlarini O‘zbekistonda joriy etish masalasi o‘rganilmoqda. Xususan, yetishtirilayotgan mahsulotlarning qo’shimcha qiymatini yaratish va qayta ishlash maqsadida fermer xo‘jaliklariga ajratilayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarining toifalarini ularda infratuzilmani (sovutish kameralari, saqlash kameralari, saralash punktlari va boshqalarni) tashkil etish sharti bilan o‘zgartirish tartibini soddalashtirish bo‘yicha Prezident Farmoni loyihasi ishlab chiqilmoqda.