Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda.
2024 yilning iyun va iyul oylarida rejaga muvofiq 5 ta qonun, 1 ta farmon, 6 ta Prezident qarori, 3 ta Hukumat qarori va 2 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami – 17 ta tadbir) ishlab chiqilishi belgilangan.
Bugungi kun holatida 6 ta (35,2%) topshiriq ijrosi ta’minlanib, 1 ta Farmon, 2 ta Prezident qarori qarori, 1 ta Hukumat qarori qabul qilingan va 2 ta chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, hozirda ularni amaliyotga joriy qilish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, 2 ta qonun (11,8%) Oliy Majlis Senati tomonidan imzolash uchun Davlat Rahbariga yuborilgan bo‘lsa, 1 ta qonun Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan hamda 2 ta qonun loyihasi Hukumat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Chora-tadbirlar rejasida ishlab chiqilishi nazarda tutilgan 2 ta Prezident qarorlari loyihalari Prezident Administratsiyasi tomonidan, shuningdek, 1 ta Prezident qarori va 1 ta Vazirlar Mahkamasi qarori loyihalari Hukumat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Shu bilan birga, ilm-fan sohasini boshqarish va moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha Prezident qarori va Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlashga oid Hukumat qarori loyihalari ishlab chiqilib, vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayonlari yakunlanmoqda.