Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan Nurafshon shahrining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida shahar hokimligi bilan birga hududni rivojlantirishga doir tegishli takliflar ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun: Nurafshon shahri 2-toifaga kiradi, shaharning 56 ming nafardan iborat doimiy aholisi 22 ta mahallada istiqomat qiladi. Shahar byudjeti daromadlari va xarajatlari tegishincha 68,1 mlrd va 101,7 mlrd so‘mni tashkil etadi.
1.Hozirda Nurafshonda 22ta mahallada 56 ming aholi yashab kelmoqda, bosh rejaga asosan 95 mingga yetkazish mo‘ljallangan. Shaharda bugungi kunda 4140 ta xonadondan iborat 136 ta ko‘p qavatli uy mavjud. Uy-joyga ehtiyoj yuqoriligi sababli uy-joy ipotekasi uchun subsidiya ajratishni so‘rab 1581 nafar fuqaro murojaat qilgan, umuman bugungi kunda shaharda qo‘shimcha 3000 ta xonadonga talab mavjud.
2020–2024 yillarda shaharda 42 ta (jami 1850 ta xonadon) ko‘p qavatli uylar qurilgan (shu davrda 1 741 ta nikoh qayd etilgan). Aholining turar joyga bo‘lgan oshib borayotgan talabini qondirish maqsadida quyidagi takliflar tayyorlandi:
a) “Toshkent yo‘li” ko‘chasida 1950–1960 yillarda qurilgan, arxitektura va seysmik talablarga javob bermaydigan jami 197 ta uylar negizida renovatsiya asosida650ta xonadonga mo‘ljallangan 6 ta 9-10-qavatli turar joylar (birinchi qavati savdo va xizmat ko‘rsatish uchun) barpo etish va 24 mln investitsiyalarni jalb qilish;
b) “Nurafshon biznes siti” hududidagi bo‘sh yotgan 6 gektar maydonda 1200 ta xonadonga mo‘ljallangan 20 ta ko‘p qavatli turar joy qurish. Mazkur uylarning birinchi qavati savdo va xizmat ko‘rsatish sifatida quriladi, shuningdek, 100 o‘rinlik bolalar bog‘chasi va bolalar o‘yin maydonchasi barpo qilinadi.
2.“Birlik” mahallasidagi 11,8 gektar maydonda:
a) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va sotishga ixtisoslashgan logistika markazi, ombor, sovutkich hamda ekobozor tashkil qilish taklifi ilgari surildi. Bunda 4 qavatli savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi barpo qilinishi nazarda tutilmoqda;
b) avtoshohbekat barpo qilish va uning 1–qavatini avtoshohbekat sifatida, yuqori qavatlarini savdo va xizmat ko‘rsatish, ofis sifatida, yerto‘la qismini 180 ta yengil avtomobillarga mo‘ljallangan 1000 kvadrat metrlik avtoturargoh qilish va elektromobillar uchun 6 ta zaryadlash qurilmalari o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
3.Nurafshon shahri hududidagi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga tegishli sobiq 48–son maktabning foydalanilmayotgan binolari va 1,8 gektar yer maydonini auksion orqali sotuvga chiqarish imkoniyati o‘rganildi. Ishlab chiqilgan taklifga ko‘ra mazkur obyekt negizida 5–qavatli zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi barpo etish rejalashtirilmoqda.
Strategik islohotlar agentligi va Nurafshon shahar hokimligi yuqoridagi va boshqa ishlab chiqilgan barcha tashabbuslarni amalga oshirishga doir “Toshkent viloyati Nurafshon shahrida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi.