Konsepsiyani ishlab chiqish jarayonida tungi iqtisodiyot muvaffaqiyatli rivojlangan mamlakatlar tajribalari o‘rganildi.
Hujjat 10 yo‘nalishni qamrab olgan bo‘lib, jumladan, 24/7 rejimida ishlaydigan gastronomik zonalar, tungi bozorlar, madaniy va ko‘ngilochar tadbirlarni rivojlantirish, shahar infratuzilmasini yaxshilash, tungi transportni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.
Hujjatda 24/7 rejimida ishlaydigan ko‘chalarni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday hududlar xavfsizlik, sifatli yoritish tizimlari, zamonaviy avtoturargohlar va sanitariya sharoitlariga oid talablarga muvofiq bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Ushbu hududlarni boshqarish bilan bog‘liq masalalarga boshqaruv kompaniyalari orqali yechim toppish rejalashtirilgan.
Alohida e’tibor tungi iqtisodiyot masalalari bo‘yicha koordinator lavozimini joriy etishga qaratilmoqda. Uning asosiy vazifalari biznes vakillari bilan hamkorlik qilish, tadbirlarni muvofiqlashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlariga rioya etilishini nazorat qilish va infratuzilmaning samarali ishlashini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Ushbu lavozim davlat organlari, xususiy sektor va jamiyat o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari, konsepsiyada «Tungi shahar» raqamli platformasini ishga tushirish nazarda tutilgan bo‘lib, unda 24 soat davomida ko‘rsatiladigan xizmatlar, tadbirlar, tungi transport yo‘nalishlari va boshqa xizmatlar haqida ma’lumot berib boriladi.
Hujjatning to‘liq matni havola orqali ilovada mavjud. Концепция