Strategik islohotlar agentligi xorijiy eksperti Friderike Zayfert O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bag‘ishlangan tahliliy material tayyorlab, ularda infratuzilmani yaxshilash, xalqaro tajribalarni qo‘llash va qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish kabi keng yo‘nalishlarni qamrab olgan takliflarni ilgari surdi.
I. Hududiy tadqiqotlar va takliflar. Friderike Zayfert o‘z faoliyati davomida mamlakatimizning quyidagi hududlari bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish takliflarini ilgari surdi:
1. Sirdaryo viloyati
a) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va logistika imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan agrosanoat kompleksini rivojlantirish.
b) Sirdaryo daryosidagi mavjud suv hajmini hisobga olgan holda, infratuzilmani rivojlantirish va iqtisodiy takomillashtirishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish.
2. Surxondaryo viloyati
a) transport xarajatlariga bog‘liq bo‘lmagan sohalarni, jumladan IT-biznes, biznes jarayonlarini autsorsing qilish va farmatsevtika sanoatini
b) hududning noyob iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda subtropik ekinlarni faol yetishtirish.
3. Qashqadaryo viloyati
a) tekstil sanoati va energetika sohasini rivojlantirish.
b) elektronika va kimyo sanoati kabi energiya talab qiluvchi tarmoqlarni rivojlantirishda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish.
4. Navoiy viloyati
a) tog‘-kon va metallurgiya sanoati darajasi yuqori bo‘lishiga qaramay, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xomashyoni qayta ishlash va qo‘shimcha qiymat yaratishga e’tibor qaratish.
b) hududiy qishloqlarni rivojlantirish va agrosanoat kompleksida innovatsiyalarni rag‘batlantirish.
II. Xalqaro tajribalarni qo‘llash
Germaniyaning mahalliy byudjetlarni boshqarish va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha tajribasini o‘rganib, O‘zbekistonga moslashtirilishi mumkin bo‘lgan modellarni taqdim etdi:
1. Hududiy byudjet daromadlari manbalari – hududlar o‘rtasidagi moliyaviy disbalansni kamaytirish uchun moliyaviy muvofiqlashtirish tizimini joriy etish.
2. Transport infratuzilmasini moliyalashtirish – hudud, viloyat va markaziy hokimiyat o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlash hamda subsidiya tizimlari mexanizmlarini bayon etish.
3. Suv ta’minoti va kanalizatsiya – ushbu sohalarni boshqarish uchun kommunal kompaniyalar tashkil etish taklifi.