Strategik islohotlarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasida (2024-yil 4 martdagi PQ–109-son qaror) 2024-yilning mart-dekabr oylarida belgilangan vazifalar ijrosi holati tahlil qilindi.
2024-yil davomida 18 ta qonun, 8 ta Prezident farmoni va 19 ta qarori, 22 ta Hukumat qarori, 19 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami 86 ta) ishlab chiqilishi belgilangan.
Shuningdek, 10 ta qonun, 3 ta Prezident qarori va 3 ta Hukumat qarori hamda 1 ta chora-tadbirning ijro muddatlari uzaytirildi.
Xususan, saylovlar o‘tkazilganligi va Parlament tarkibi yangitdan shakllantirilganligi sababli quyidagi qonunlarni deputatlar va senatorlar tomonidan qabul qilish va ma’qullash muddatlari 2025-yil 1 aprelga qadar uzaytirildi:
- Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida (yangi tahrirda);
- Tadbirkorlik kodeksi;
- Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida;
- Pulli avtomobil yo‘llari to‘g‘risida;
- Renovatsiya to‘g‘risida;
- Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida;
- Urbanizatsiya to‘g‘risida;
- Kapital bozori to‘g‘risida;
- Raqobatli energetika bozorini tartibga solish to‘g‘risida;
- Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risida (yangi tahrirda).
Bugungi kunda muddati bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan (69 ta) topshiriqlardan 50 tasi yoki 72 foizining ijrosi to‘liq ta’minlandi: 8 ta qonun, 5 ta Prezident farmoni va 10 ta qarori, 13 ta Hukumat qarori qabul qilindi va 14 ta chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi (mart va iyul oylarida belgilangan hujjatlar barchasi qabul qilindi).
Shuningdek, 3 ta Farmon va 1 ta Prezident qarori loyihasi Prezident Administratsiyasida, 5 ta Hukumat qarorlari loyihasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilmoqda hamda vazirlik va idoralar tomonidan rejada belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va tegishli choralarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralar amalga oshirilmoqda.