Strategik islohotlar agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki vakillari bilan strategik rejalashtirish sohasidagi islohotlar muhokama qilindi
Strategik islohotlar agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muhokamaning asosiy mavzusi O‘zbekistonda strategik rejalashtirish tizimini takomillashtirish, shu jumladan asosiy islohotlarni ishlab chiqish va xalqaro standartlarni rejalashtirish jarayoniga joriy etish masalalariga bag‘ishlandi. Uchrashuv davomida milliy va tarmoqlar darajasidagi amaldagi strategik rejalashtirish tizimi muhokama qilindi. Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov…