O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori ijrosining tahlili

Strategik islohotlarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasida (2024-yil 4-martdagi PQ–109-son qaror) 2024 yilning mart, aprel va may oylaridagi vazifalar ijrosi holati tahlil qilindi. Mart–may oylarida 5 ta qonun, 3 ta farmon, 10 ta Prezident qarori, 8 ta Hukumat qarori, 4 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami 30 ta) ishlab chiqilishi belgilangan. Hozirda 13 ta topshiriq ijrosi ta’minlanib (43%), 3 ta Farmon, 3 ta Prezident qarori,…

Agentlik tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining iqtisodiy “o‘sish nuqtalari” aniqlandi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari poytaxt tumanlari hokimliklari vakillari bilan birgalikda Toshkent shahri tumanlarida iqtisodiy o‘sishning yangi imkoniyatlarini joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlarini davom ettirmoqdalar. Xususan, yaqinda poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek  tumani salohiyati o‘rganilib, tumanni rivojlantirishga doir bir qancha istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi. Ma’lumki, Mirzo Ulug‘bek tumani asosan xizmat ko‘rsatish va sanoatga ixtisoslashgan bo‘lib, 2023-yilda xizmatlar hajmi…

Portugal Parque Escolar dasturi asosida umumta’lim maktablarini modernizatsiya va yangilash

Strategik islohotlar agentligi Portugaliyada umumta’lim maktablarini yangilash va modernizatsiya qilish tajribasini o‘rgandi. “Parque Escolar” dasturi Yevropa Komissiyasining “Ta’lim infratuzilmasiga samarali va inklyuziv investitsiyalar kiritish”ga doir tadqiqotida yaxshi amaliyot namunasi sifatida keltirilgan. Dastur har bir maktab tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim loyihasiga, uning ehtiyojlari, maqsadlari va xususiyatlariga moslashtirilgan maktab binosi modelini ishlab chiqishga ko‘maklashadi. Dasturni rejalashtirish, boshqarish,…

Ilg‘or tajriba: “Rossiya liderlari” tanlovi

“Rossiya – imkoniyatlar mamlakati” notijorat tashkiloti tomonidan 2017 yildan buyon har yili istiqbolli rahbarlarni  aniqlash, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Rossiya liderlari” ochiq tanlovi o‘tkazib kelinadi. 2017–2023-yillardagi tanlovlarda Rossiya va 150 ga yaqin mamlakatlardan jami 1 milliondan ortiq shaxslar ishtirok etish istagini bildirgan. Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining o‘zbekistonlik talabasi Akobir Rajabov 2022-yilda tanlovda g‘olib deb topilgan. 2023-yildagi tanlovda Rossiyaning…

Yod tanqisligining oldini olish: tegishli qonunning takomillashtirilishi aholi salomatligiga qanday ta’sir qilishi mumkin?

Yod tanqisligi aholi salomatligi va farovonligiga jiddiy ta’sir qiluvchi muammolardan biri hisoblanadi. Yod qalqonsimon bezning barqaror ishlashi va miya rivojlanishi uchun zarur bo‘lib, ayniqsa yosh bolalar va homilador ayollar salomatligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Delivery Unit ofisi xodimlari bu boradagi mavjud muammolarni o‘rganib, yod tanqisligining oldini olishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish…

Maxsus iqtisodiy zonalar: dolzarb muammolar va istiqbollar

Strategik islohotlar agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati tahlil qilinib, investitsiya muhitini yaxshilash va MIZlar boshqaruviga yirik operatorlarini jalb qilish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratishga doir takliflar ishlab chiqildi. 2024-yil aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 20 ta MIZ faoliyat ko‘rsatib, ularda 771 ta korxona rezident sifatida ishlamoqda. Joriy yilning 1-choragida MIZlarda…

Xalqaro talablarga javob beradigan hamshiralarni tayyorlash tizimini joriy qilishga doir taklif ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan O‘zbekistonda hamshiralarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash tizimi o‘rganib chiqildi. Hozirda O‘zbekistonda 72 ta tibbiyot texnikumi mavjud bo‘lib, har yili 30 ming nafar hamshiralar tayyorlanmoqda. Davlat kasalxonalari va poliklinikalarida hamshiralarning oylik maoshi 1 mlndan 4 mln so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni tashkil qiladi (xususiy poliklinikalarda 10 mln so‘mgacha). Bugungi kunda Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya va…

Strategik islohotlar agentligi tomonidan poytaxt tumanlarining yangi “o‘sish nuqtalari” o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari poytaxt tumanlari hokimliklari vakillari bilan birgalikda Toshkent shahri tumanlarida iqtisodiy o‘sishning yangi imkoniyatlarini joylarga chiqqan holda o‘rganmoqdalar. Xususan, yaqinda poytaxtimizning Mirobod tumani salohiyati o‘rganilib, tumanni rivojlantirishga doir bir qancha istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi. Ma’lumki, Mirobod tumani Toshkent aeroporti yoki vokzaliga kelgan odamning nazariga birinchi bo‘lib tushadigan hudulardan biri bo‘lgani bois, mazkur…

Jonli ijroni rag‘batlantirish orqali fonogrammadan foydalanishni kamaytirishning o‘ziga xos jihatlari

Strategik islohotlar agentligi tomonidan jonli ijro asosida kuylash va fonogrammadan foydalanishning amaldagi holati o‘rganildi. Ma’lumki, bu sohaga katta e’tibor qaratilib, jonli ijroni rag‘batlantirish maqsadida san’at vakillariga imtiyozlar berib kelinmoqda. Buning natijasida keng jamoatchilik, xususan yoshlar o‘rtasida estrada san’atiga qiziqish kuchayib bormoqda. Bunga birgina misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at…

Agentlik tomonidan Irlandiyaning investitsiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash tajribasi tahlil qilindi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan Irlandiyaning investitsiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va davlat xizmatining sifati tizimi o‘rganildi. Irlandiya tashqi investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha Yevropaning yetakchi mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Apple, Microsoft, PayPal, Facebook va Google kabi korporatsiyalar Yevropada o‘z faoliyatini yuritish uchun aynan Irlandiya hududida operatsion markazlarini tashkil qilgan. Shuningdek Irlandiyada IT, ijtimoiy tarmoq, dasturiy ta’minotni ishlab…