Jizzax viloyati rivojlanishining yaqin istiqbollari va ustuvorlari

Shu yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining bir guruh xodimlari Agentlikning direktori boshchiligida Jizzax viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy potensiali va o‘sish nuqtalari imkoniyatlarini o‘rganib chiqdilar. O‘rganish natijasida 105 ta tashabbus tariqasida takliflar ishlab chiqilib, ular qishloq xo‘jaligi, biznesni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani rivojlantirish va aholi bilan muloqotni rivojlantirish yo‘nalishlarini o‘zida jamladilar. Tabiiy-ki, o‘rganish davomida viloyat mutassaddi tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari…

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Arnasoy tumanini rivojlantirishga doir qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rgandilar

Yaqinda Agentlik xodimlari Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida bo‘lib, tumanning salohiyati va qo‘shimcha “o‘sish nuqtalari”ni  aniqlash ishlarini olib bordilar. Tuman sanoati rivojlanmaganligi sababli 5-toifaga kiritilgan. To‘qimachilik va paxtani qayta ishlashga ixtisoslashgan ikki yirik korxona mavjud xolos. Tumanda yangi sanoat loyihalarini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer maydonlari va bino-inshootlar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish taklif etilmoqda. Xususan, “Baxtli”…

Zafarobod tumani: sanoat, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqildi

Yaqinda Strategik islohotlar agentligi vakillari Jizzax viloyati Zafarobod tumanining salohiyati va qo‘shimcha “o‘sish nuqtalarini” joyga chiqqan holda chuqurroq o‘rgandilar. Tuman 3 toifaga kiradi, unda 10 ta mahalla mavjud, jami 53,6 ming aholi istiqomat qiladi. O‘rganishlar davomida SIA xodimlari asosan sanoat, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalariga eʼtibor qaratib, rivojlantirishga turtki beradigan takliflarni ishlab chiqdi. Sanoat yo‘nalishida amaldagi holat…

Jizzax viloyatining iqtisodiy transformatsiyasi

Davlatimiz rahbari joriy yilning 8 aprel kuni Jizzax viloyatiga tashrifi davomida taʼkidlaganlaridek, bizga «barqaror va tez surʼatlarda o‘sadigan iqtisodiyot kerak. Yuqori daromadli yangi ish o‘rinlari yaratilishi kerak». Tabiiyki, har bir viloyatda va hududda o‘ziga xos sharoitlar va shularga yarasha imkoniyatlar mavjud. Toshkent va Samarqand o‘rtasida joylashgan Sirdaryo va Jizzax viloyatlari ikki yirik qishloq xo‘jaligi va…

Piskent tumani iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqildi

Bugungi kunda Piskent tumani qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning ko’plab tarmoqlarini rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega. Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar doirasida tumanning asosiy “o‘sish nuqtalari” belgilab olindi. Ayni paytda, tumanning asosiy ishlab chiqarish tarmogʻi qishloq xoʻjaligi boʻlib, paxta (25 ming tonna), bugʻdoy (40 ming tonna), sabzavot (kartoshka 27 ming tonna), uzum, qulupnay…

Strategik islohotlar agentligi Toshkent viloyati tuman va shaharlarining salohiyatini o‘rganishda davom etmoqdalar

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Toshkent viloyatining tuman va shaharlarida hududlar rivojiga xizmat qiluvchi “o‘sish nuqtalari”ni aniqlashga doir faoliyatlarini davom ettirmoqdalar. Ohangaron shahri istiqbollari tahlil qilingach, SIA vakillari mahalliy hokimlik xodimlari bilan birgalikda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanini rivojlantirish imkoniyatlariga e’tibor qaratdilar. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadigan loyihalardan biri sifatida “Toshtepa” suv ombori loyihasi ko‘rib chiqildi.…

O‘zbekistonda mahalliy hokimiyatning iqtisodiy imkoniyatlari darajasi ko‘tarilmoqda

Bir necha kun davomida Sayxunobod tumani ahli hayotini, turmush ko‘nikmalarini o‘rgangan mutaxassis, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Mamasoatovich Abduqodirov bilan suhbat. — Abdulla Mamasoatovich, yaqinda internet saytida chop etilgan maqolangizda hududiy xususiyatlarni makroiqtisodiy va strategik rejalashtirishda hisobga olish zaruriyatini asoslab bergansiz. Lekin, tumanlar kesimiga kelsak, u yerda qanday tashkiliy…

Suv ta’minoti va kanalizatsiyani yaxshilash dasturlari: loyihalar sharhi va jamoatchilikni jalb qilish masalalari

O‘zbekiston, boshqa ko‘plab davlatlar singari, ichimlik suvi va oqava suv ta’minoti sohasida muammolarga duch kelmoqda. Aholini sifatli ichimlik suvi va sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston hukumati ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan maqsadli dasturlarni faol amalga oshirmoqda. Ushbu maqolada ichimlik va oqava suvlari loyihalar to’g’risidagi tarqoq ma’lumotlar to’plangan. Mazkur maʼlumotlar fuqarolarning…

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining qo‘shimcha “o‘sish nuqtalari” o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga xizmat safari davomida tumanning salohiyatini o‘rganib, qo‘shimcha “o‘sish nuqtalarini” aniqladilar. Mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda olib borilgan o‘rganishlarda sanoat sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda tumanda 162 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritadi, shulardan 3 tasi yirik, 159 tasi kichik biznes sub’yektlariga to‘g‘ri keladi. Tadbirkorlar tomonidan sanoat loyihalarini amalga…

Prezident eʼtirof etgan Sayxunobod tajribasi qanday ishlaydi?

Joriy yilning 14-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Sayxunobod tumani “Ittifoq” mahallasida bo‘lib, tomorqa va uy xo‘jaliklari bilan tanishgandi. Davlat rahbari Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi yig‘ilishda Sayxunobodda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yangi tajribani butun respublika bo‘ylab qo‘llashning ahamiyatini alohida taʼkidlab o‘tgan edi. Xo‘sh, Sayxunobod tajribasi qanday vazifa va maqsadlarni o‘z ichiga qamrab oladi? O‘zbekiston…