Qibray tumanining salohiyati va “iqtisodiy o‘sish nuqtalari” o‘rganildi va tegishli takliflar tayyorlandi
Strategik islohotlar agentligi xodimlari Qibray tumanining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” joyiga chiqqan holda o‘rgandilar. O‘rganishlar davomida tuman hokimligi bilan birga tegishli takliflar ishlab chiqildi. Nota bene: Qibray tumani 2-toifaga kiradi, tumanning doimiy aholi soni – 176,2 ming nafardan iborat. Qibrayda 68 ta mahalla mavjud. Tuman byudjeti daromadlari miqdori – 96,8 mlrd so‘m, xarajatlari…