Oliy ta’lim, fan hamda ularning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvini takomillashtirish yo‘llari o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi Angliyaning Qirollik kimyo jamiyati eksperti va O‘zbekiston Rektorlar Kengashi koordinatori, akademik Yulbarsxon Mansurov bilan hamkorlikda oliy ta’lim, fan va ularni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvini takomillashtirish yo‘llarini o‘rgandi. Tadqiqotning maqsadi ta’lim dasturlari sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlar va ularning real sektor bilan bog‘liqligini kuchaytirish yo‘llarini aniqlashdan iborat. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanish…

Kommunal xizmatlarini takomillashtirish mexanizmlari: asosiy elementlar va misollar

Turli mamlakatlarda kommunal xizmatlari tariflarini oshirishda xizmat sifatini yaxshilashning har-xil usullaridan foydalaniladi. Bunda, xususan, sifat standartlariga rioya qilinmaganligi uchun jarima solish, raqobat muhitini yaratish, ma’lumotlardan ochiq foydalanishni ta’minlash va majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning ichki boshqaruvini takomillashtirish orqali erishiladi. Aksariyat holatlarda yaxshi natijaga erishish uchun yuqoridagi elementlardan uyg‘unlikda foydalaniladi. Strategik islohotlar agentligi…

Agentlikda Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Jahon banki delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, Jahon banki loyiha rahbari va katta savdo mutaxassisi Roberto Enchandi, shuningdek Jahon banki ekspertlari Xose Sinore, Anvar Rahmetov va Eskender Trushin ishtirok etdi. Uchrashuvda muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini rivojlantirish, xususan, Jahon banki tomonidan mamlakatning…

O‘zbekiston Respublikasining “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonuni imzolandi

Davlatimiz Rahbari tomonidan 2024 yilning 3 oktyabr kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasining “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonuni joriy yilning iyul-sentyabr oylarida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Strategik islohotlar agentligi yordamida hamda 10 ta vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqildi. Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida, jamoatchilik va kreativ iqtisodiyot vakillari bilan 10 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazilib,…

Strategik islohotlar agentligi direktori IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasidagi panel munozarasida ishtirok etdi

Bugun Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasidagi «Kreativ ekotizim istiqboli: inklyuzivlik, barqarorlik va moslashuvchanlik» mavzusiga bag‘ishlangan panel munozarasida ishtirok etdi. Munozarada shuningdek Rossiya Kreativ iqtisodiyotini rivojlantirish markazi direktori Yekaterina Cherkes-zade ham ishtirok etib, tadbir davomida O‘zbekiston va Rossiyada kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Baxodir Raxmatov O‘zbekistonda yaqinda…

Strategik islohotlar agentligi direktori Butunjahon intellektual mulk tashkiloti vakillari bilan uchrashdi

Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bosh direktori o‘rinbosari Silvi Forbin boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti vakillariga Strategik islohotlar agentligi faoliyati, jumladan, BIMT faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalar yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, uchrashuvda KPI ko‘rsatkichlari, intellektual mulk huquqlarini himoya…

IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi: xalqaro hamkorlikka oid imkoniyatlar muhokama qilindi

Bugun poytaxtda bo’lib o‘tayotgan IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi (#WCCE2024) doirasida kreativ sektorni rivojlantirishga doir tajriba almashish va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishga bag’ishlangan vazirlar uchrashuvi bo’lib o’tdi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Gayane Umerova raisligida o’tkazilgan uchrashuv kreativ iqtisodiyotning muhim ishtirokchilari va manfaatdor tomonlarni jamladi. Ishtirokchilar qatorida Strategik islohotlar agentligi direktori Baхodir Raxmatov, Indoneziya…

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-sentabrdagi “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi 600-son qarori qabul qilindi.

Strategik islohotlar agentligi tomonidan avvalroq O‘zbekistonning pensiya tizimidagi joriy holat o‘rganilib, uni takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqilgan. Agentlik mazkur yo‘nalishdagi faoliyati doirasida tizimdagi kamchiliklarni tahlil qilish va uni isloh qilish yo‘llarini aniqlashda o’z hissasini qo’shib bormoqda. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida 2024-yil 23-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish…

Strategik islohotlar agentligi tomonidan tayyorlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 582-son qarori e’lon qilindi.

Qaror bilan turizmning yangi turlarini joriy qilish orqali mahalliy va xorijiy turistlar uchun qo’shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish, turizm salohiyati yuqori hudularda turistik xizmatlarni ko’paytirish va boshqa chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasining 68 va 69-bandlari ijrosi doirasida qabul qilingan.…

Davlat siyosatini amalga oshirishda yangicha yondashuv: Ma’lumotlarni boshqarish milliy tizimi

Poytaxtimizda 40 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida “Maʼlumotlarni boshqarish milliy tizimi toʻgʻrisida”gi Qonun konsepsiyasi muhokama qilindi.   Konsepsiyasi amaldagi qonunchilik va muvaffaqiyatli xalqaro amaliyotni o‘rganishlar asosida ishlab chiqilib, Qonunning amal qilish doirasi va asosiy jihatlarini belgilab beradi.   Davlat siyosatini yuritishda barcha tarmoqlar va sohalardagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlash orqali umumdavlat yondashuviga amal qilish…