“Kallick Consulting LLC” asoschisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori B.Raxmatov va “Kallick Consulting LLC” kompaniyasi asoschisi, baholash va rejalashtirish masalalari bo‘yicha ekspert Djudye Kallik o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv boshida B.Raxmatov xorijiy tomonni Agentlik faoliyati yo‘nalishlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, hududlar salohiyati va “o‘sish nuqtalarini” aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar,…