Strategik islohotlar agentligi tomonidan Nurafshon shahri tadbirkorlarining muammolari aniqlanmoqda

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida tadbirkorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazib, shaharda biznes uchun mavjud to‘siqlarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqdi. Xizmat safari davomida mahalliy tadbirkorlarning muammolari tinglanib, ularni hal qilish yo‘llari muhokama qilindi. Quritilgan meva ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 1 gektar yerga…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi: 2024 yil dekabr oyida belgilangan vazifalar

  Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi muntazam tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda. 2024 yilning dekabr oyida rejaga muvofiq 1 ta Qonun, 1 ta Prezident qarori, 2 ta Hukumat qarori ishlab chiqilishi hamda 8 ta chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilishi (jami – 12 ta) ishlab chiqilishi…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi: 2024-yil noyabr oyida belgilangan vazifalar ijrosi

Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi muntazam tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda. 2024-yilning noyabr oyida rejaga muvofiq 3 ta Qonun, 1 ta Hukumat qarori ishlab chiqilishi hamda 3 ta chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilishi (jami – 7 ta) ishlab chiqilishi belgilangan. Xususan, rejaning 5-bandi ijrosini…

Davlat xizmatida strategik rejalashtirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 3-4-dekabr kunlari Toshkent shahrida «Davlat xizmatida strategik rejalashtirish» seminarining 3-moduli bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston davlat organlari vakillarini zamonaviy strategik rejalashtirish usullari va vositalari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Seminarni Strategik islohotlar agentligi va Latviya Respublikasining Markaziy moliyalashtirish va kontraktlashtirish agentligi (CFCA) tominidan tashkil etilgan bo‘lib, Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) moliyaviy ko‘magi asosida…

Strategik islohotlar agentligi va Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi qo‘shma tadqiqot dasturlarini ishga tushirmoqda

Strategik islohotlar agentligi va Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi doirasida innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri Toshkentdagi “INNO” innovatsion o’quv-ishlab chiqarish texnoparki negizida “Tochka prityajeniya” nomli tajriba-sinov markazini tashkil etish bo‘ldi. Mazkur markaz ilg‘or tadqiqotlar, ta’lim dasturlari va ilmiy ishlanmalarning tijoratlashtirilishi uchun innovatsion…

Strategik islohotlar agentligi delegatsiyasining Qozogʻistonga tashrifi bo‘lib o‘tdi

21-22-noyabr kunlari Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov boshchiligidagi Agentlik xodimlaridan tashkil topgan delegatsiya Qozogʻiston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi taklifiga binoan Ostona shahrida bo‘ldi. Tashrif doirasida Qozog‘iston Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi raisi Jandos Shaymardanov va Qozogʻiston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi huzuridagi Milliy statistika byurosi vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar boʻlib…

Strategik islohotlar agentligida Suma Chakrabarti bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi

Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Rahmatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda shuningdek S.Chakrabarti ofisi vakillari, jumladan M.Beyns va F.Zayfert hamda Agentlikning boshqa xodimlari ishtirok etdi. Muloqot davomida iqtisodiyot va ta’lim sohalaridagi islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq asosiy masalalar muhokama…

Davlat xizmatida strategik rejalashtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligi Latviya Respublikasi Markaziy moliya va kontraktlar agentligi bilan hamkorlikda “Davlat xizmatida strategik rejalashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan seminarning ikkinchi modulini o‘tkazdi. Seminar Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) moliyaviy ko‘magida O‘zbekiston davlat boshqaruvining ma’muriy salohiyatini mustahkamlash loyihasi doirasida tashkil etildi. Tadbir davlat boshqaruvidagi mavjud holatni tahlil qilish va baholash uchun mustahkam nazariy va amaliy…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi: 2024-yil oktyabr oyida belgilangan vazifalar ijrosi

Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi muntazam tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda. 2024-yilning oktyabr oyida rejaga muvofiq 1 ta Farmon, 1 ta Prezident qarori va 2 ta Hukumat qarori (jami – 5 ta) ishlab chiqilishi belgilangan. Xususan, rejaning 77-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Innovatsion rivojlanish…

O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish masalalari o‘rganilib, tegishli takliflar tayyorlandi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan tungi iqtisodiyot bo‘yicha xorijiy davlatlar (Buyuk Britaniya, AQSH, BAA va Avstraliya) tajribasi va ushbu yo‘nalishni O‘zbekistonda yanada rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi. Xorijiy davlatlarning tungi iqtisodiyot rivojlangan shaharlarida yillik tushumlar miqdori sezilarli darajada iqtisodiyotga foyda keltirmoqda. Ma’lumot uchun: 2023 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, Londonda tungi iqtisodiyotdan yillik tushumlar miqdori – 44 mlrd dollarni, Bangkokda…