Quyichirchiq tumanining salohiyati va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqqan holda takliflar tayyorlandi
Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan Quyichirchiq tumani salohiyati oʻrganilib, qoʻshimcha iqtisodiy “oʻsish nuqtalari” aniqlandi. Tuman hokimligi bilan hamkorlikda olib borilgan o‘rganishlar natijasida tegishli takliflar ishlab chiqildi. Nota bene: Quyichirchiq tumani 2-toifaga kiradi, tumanning doimiy aholisi soni 115,9 ming nafardan iborat. Tumanda 37 ta mahalla mavjud. Tuman byudjeti daromadlari miqdoir 152,6 mlrd so‘mni, xarajatlar miqdori esa…