Davlatimiz Rahbarining 2024 yil 4 martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024 yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda.
2024 yilning iyun oyida rejaga muvofiq 4 ta qonun, 1 ta farmon, 4 ta Prezident qarori, 1 ta Hukumat qarori va 2 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami – 12 ta tadbir) ishlab chiqilishi belgilangan.
Bugungi kun holatida 4 ta topshiriq ijrosi taʼminlanib, 1 ta Farmon, 1 ta Prezident qarori qarori qabul qilingan va 2 ta chora tadbirlar dasturi tasdiqlangan, hozirda ularni amaliyotga joriy qilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 2 ta qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan hamda 2 ta qonun loyihasi Hukumat tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, 3 ta Prezident qarorlari va 1 ta Vazirlar Mahkamasi qarori loyihalari ishlab chiqilib, kelishish jarayonlari yakunlanmoqda.
Jumladan, “Temir yo‘l trancporti to‘g‘risida”gi va “Renovatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihalari Jahon banki va boshqa xalqaro konsalting kompaniyalari ekspertlari ko‘magida qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, Strategik islohotlar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Elektron to‘lov tizimlari xizmatlaridan foydalanishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Strategik islohotlar agentligi tomondan 2024 yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasining bajarilishi bo‘yicha keng jamoatchilikka muntazam ravishda axborot berib boriladi.