Strategik islohotlar agentligida ma’lumotlarni tahlil qilish va raqamli reklamaning yangi imkoniyatlari muhokamasi bo`lib o`tdi

2024-yil 9-fevral kuni Strategik islohotlar agentligida VEON AdTech kompaniyasining yetakchi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tib, unda asosiy e’tibor internet foydalanuvchilari xatti-harakatlarini tahlil qilishga qaratildi. Uchrashuvda agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari A.Abduqodirov, VEON AdTech kompaniyasi direktori Jorj Xeld, Agentlik xodimi B.Qurbonov va VEON Ad kompaniyasi vakillari Nikolay Andryuxin, Bekzod Suvanqulov va Vladislav Yakovlev ishtirok etdi. Uchrashuvda Veon…

Strategik islohotlar agentligida GIZ vakillari bilan sanoat siyosatini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2024-yil 8-fevral kuni Strategik islohotlar agentligida Agentlik tashabbusi bilan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari A.Abduqodirov, GIZ Barqaror iqtisodiy rivojlanish dasturi menejeri Beate Shoreit, Agentlik xodimlari M.Xolboyev, F.Zayfert hamda GIZning boshqa vakillari ishtirok etdilar. Muhokamaning asosiy mavzusi sanoat siyosatini ishlab chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat institutlari bilan…

Daewoo Engineering & Construction bilan infratuzilma loyihalari salohiyati yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi

Strategik islohotlar agentligida Koreyaning Daewoo Engineering & Construction kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Agentlik direktori o‘rinbosari R.Azizov, Daewoo Engineering & Construction global infratuzilma guruhi rahbari Ilxi Chjan, BAAdan “Yuco Alliance” kompaniyasi ijrochi direktori Sardor Yo‘ldoshev va Agentlikning mas’ul vakillari ishtirok etdi. Yig`ilish davomida tomonlar turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan…

Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi va natijadorligi holati o‘rganildi

Joriy yil yanvar oyida shakllantirilgan ishchi guruhlar tarkibida Strategik islohotlar agentligining bir qator xodimlari tomonidan 16 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi va natijadorligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida 1 200 nafardan ortiq tadbirkorlar, shu jumladan 200 nafardan ortiq yosh tadbirkorlar hamda davlat boshqaruvi xodimlari bilan uchrashuvlar…

Strategik islohotlar agentligi va BCG o‘rtasida O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida “Boston Consulting Group” (BCG) konsalting kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining AQShga o‘tgan yilgi tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.   Agentlik direktori B.Raxmatov, direktor o‘rinbosari R.Azizov, Agentlik guruhi rahbari J.Agzamov, shuningdek, BCG kompaniyasining boshqaruvchi direktori va hamkori, Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasi bo‘yicha rahbari R.Nuriyev…

Strategik islohotlar agentligida Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Strategik islohotlar agentligida O‘zbekistonda Toshkent xalqaro tijorat sudini (TXTS) tashkil etish masalalarini o‘rganish bo‘yicha Ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Agentlik direktori B.Raхmatov boshchiligida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Prezidentining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi devonining huquqiy masalalar bo‘yicha eksperti Mari-Enn Birken, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari B.Obidov, ISSV Investitsiya muhitini takomillashtirish…

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida aholi turmush darajasini yaxshilash borasidagi islohotlar o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylardagi vaziyat tahlil qilinib, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan uchrashuvlar tashkil etildi va muammolarni hal etish imkoniyatlari o‘rganildi. Xususan, Toshkent shahridagi markaziy temir yo‘l kassalarida chiptalar savdosi bilan bog‘liq holat va yo‘lovchilarning narxlarga doir fikrlari o‘rganildi. Fuqarolarning ta’kidlashicha, chiptalar narxi o‘rtacha 20 foizga oshganiga qaramay, vagonlarda…

Strategik islohotlar agentligida alohida davlat va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Agentlik va 8 ta idora va jamoat tashkilotlari o‘rtasida istiqbolli tashabbus va takliflar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Agentlik direktori B.Raxmatov, direktorning birinchi o‘rinbosari A.Abduqodirov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sh.Turdiqulova, Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Z.Ziyaev, Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘I D.Allanazarov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi…

Strategik islohotlar agentligi va xorijdagi vatandoshlar islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar

Strategik islohotlar agentligi tomonidan “Vatandoshlar” jamoat fondi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan onlayn uchrashuvda xorijiy nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan, ilmiy tashkilot va kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan 230 nafardan ortiq yurtdoshlarimiz mamlakatimizda 2024 yilda amalga oshirilishi taklif etilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Malayziya, Rossiya, Singapur, AQSH, Fransiya, Janubiy…

Strategik islohotlar agentligi va Suma Chakrabarti idorasi joriy masalalar va istiqbollarni muhokama qildi

Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti o‘rtasida ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Chakrabarti ofisi tomonidan amalga oshirilayotgan ustuvor loyihalar muhokama qilindi. Xususan, ofis vakili Mandip Beyns Jenevada O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalalari bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi…