Mashhur to‘qimachilik brendlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rganilib, tegishli takliflar ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini rivojlantirish hamda brendlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini tahlil qilib, sohaga oyida takliflar ishlab chiqdi. 2023 yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda ishlab chiqilgan 88,4 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlarining 48,5 trln so‘mi tayyor mahsulotlarga to‘g‘ri keladi (2022 yilga nisbatan o‘sish 116%). Shu bilan birga, eksport ko‘rsatkichlari 3,4 mlrd…

Strategik rejalashtirish tizimini amalga oshirishga doir Farmon loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizning strategik rejalashtirish tizimini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lmish “Strategik rejalashtirish tizimini joriy etishga doir dastlabki chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (SIA) tomonidan Germaniyaning Federal Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Vazirligi (BMZ) topshirig‘iga binoan GIZ (Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati) tomonidan amalga oshirilayotgan “Samarali davlat boshqaruvi”…

Bo‘stonliq tumanining iqtisodiy “o‘sish nuqtalari” aniqlanib, rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari joyiga chiqqan holda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” o‘rgandi va tegishli takliflar ishlab chiqdi. Nota bene: Bo‘stonliq tumani 2-toifaga kiradi; tumanning umumiy maydoni – 4,93 ming km2; doimiy aholi soni – 176,7 ming nafardan iborat. Bo‘stonliqda 59 ta mahalla mavjud. Tuman hokimligi bilan birgalikda amalga oshirilgan o‘rganishlar…

“Sviftonomika”: taniqli xorijiy estrada yulduzlarining konsertlarini O‘zbekistonda tashkil etishga doir takliflar ishlab chiqildi

Jahon turizm bozoridagi kuchli raqobat sharoitida O‘zbekistonga xorijiy turistlarni keng jalb qilish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, turizm namoyishi obyektlaridan samarali foydalangan holda hududlarni o‘zaro bog‘lovchi turizm xizmatlarini yanada kengaytirish, sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, respublika turizm salohiyatini xorijiy mamlakatlarda manzilli targ‘ib qilish maqsadida “Sviftonomika” – taniqli xorijiy estrada yulduzlarining konsertlarini mamlakatimizda keng ko‘lamda tashkil…

Angren shahrining salohiyatidan kelib chiqqan holda rivojlantirishga doir tegishli takliflar ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Toshkent viloyatida olib borilgan tahlillar davomida Angren shahrining salohiyati va qo‘shimcha iqtisodiy “o‘sish nuqtalarini” joyiga chiqqan holda o‘rgandilar. O‘rganishlar davomida asosan sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalariga e’tibor qaratilib, tuman hokimligi bilan birga tegishli takliflar ishlab chiqildi. Nota bene: Angren shahri 2-toifaga kiradi; shaharning umumiy maydoni – 168,5 km2; doimiy aholi soni…

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanini rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi xodimlari Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida bo‘lib, tumanning salohiyatini o‘rganish bilan birga iqtisodiy “o‘sish nuqtalari”ni aniqlagan holda tuman hokimligi bilan birgalikda hududni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqdi. Yozyovon tumani 5-toifaga kiradi; tumanning umumiy maydoni – 407 km2ni; tumandagi doimiy aholi soni – 120,2 ming nafar. Yozyovonda 33 ta mahalla mavjud. Tuman byudjeti daromadlari miqdori – 54,8…

Elektron to‘lov tizimlari xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish masalalari tahlil qilindi

Chakana savdo hajmi 2022-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda 24,5 mlrd dollarni, Rossiyada 631 mlrd dollarni, Qozog‘istonda 36,4 mlrd dollarni, Ozarbayjonda 31 mlrd dollarni, Belarusda 26 mlrd dollarni tashkil etgan. Aholi jon boshiga chakana savdo 2022-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha 687 dollarni tashkil etib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha MDH davlatlari orasida quyi o‘rinlarda qolmoqda. Mazkur ko‘rsatkich Rossiyada 4300 dollarni, Qozog‘istonda…

Agentlik tomonidan biznes-g’oyalar va jamoat tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash uchun xizmat qiladigan elektron platformalar tahlil qilindi

Bir qator xorijiy mamlakatlarda (Xitoy, Yaponiya, Qozog‘iston, Rossiya, Fransiya) davlat tomonidan biznes-g‘oyalarni tanlash, qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishga ko‘maklashish, tadbirkorlarga maslahat yordami ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatlar hukumatlari tomonidan davlatning ishbilarmon doiralar bilan qayta aloqa qilishning samarali vositalari ishlab chiqilgan. Ushbu vositalar kichik va o’rta korxonalar vakillariga mo‘ljallangan. Ma’lumot uchun: butun dunyo bo’ylab korxonalarning…

Yangi biznes-yo‘nalishlar: jahon tendensiyasi va O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari

Strategik islohotlar agentligi butun dunyoda ommalashayotgan yangi biznes yo‘nalishlarini mamlakatimizga jalb qilish imkoniyatini o‘rganib chiqib, takliflarni shakllantirdi. So‘nggi yillarda butun dunyoda yangi biznes yo‘nalishlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Jumladan, elektron tijorat bozori 2026 yilga borib 8,1 trln dollarga yetishi kutilmoqda, bunda o‘sish sur’ati yiliga 20 foizdan yuqori ko‘rsatkichni namoyon qiladi. 2023 yilda global shering iqtisodiyot (sharing economy) bozori 3,35 trln…

Strategik islohotlar agentligida McKinsey&Company bilan rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi

Yaqinda Strategik islohotlar agentligida McKinsey&Company vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda McKinsey&Company kompaniyasining katta hamkorlari Gassan Al-Kibsi, Sinan Koksoy, McKinsey kompaniyasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Dulatbek Ikboyev, O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Rustam Shanazarov va har ikki tashkilotdan boshqa vakillar ishtirok etdi. Uchrashuvda ta’kidlanganidek, McKinsey&Company bilan transport infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash va eksport salohiyatini oshirish…